|
Yonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirishBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasiYonilg’i o’tkazgich va yonilg’i bakini tekshirish.
Yonilg’i o’tkazgich va filtrlarning holati
tekshiriladi va ularning o’rnatilish jipsliklari, ya’ni zichlanishlari aniqlanadi va zarur bo’lsa
tozalanadi. TXK davrida rezbali birikmalar mahkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida)
yonilg’i baki yuvilib, yonilg’i o’tkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilg’i bakidan
yonilg’ini kerakli miqdorda so’rilishini ta’minnlash uchun, qabul qilish naychasidagi filtr
tozalanada va bakning qopqog’idagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi.
Yonilg’i nasosini tekshirish.
Yonilg’i nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga xizmat
ko’rsatiladi yoki bu jarayon o’rta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi
mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filtrlash to’g’ri tozalanadi, shuningdek nasos hosil
qiladigan eng yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar gemetikligi va ish unumi
tekshiriladi. Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki echib olinib tekshirilishi mumkin.
Yonilg’i nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli
moslama o’rnatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi
hosil qiladigan bosim 0.02-0.030 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 l/minut va 30 sekund
mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa ni tashkil qilishi kerak. Tekshirish natijalariga
ko’ra nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi va tozalanadi hamda,
diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi va meyoriy
qiymatlari bilan taqqoslanadi.
Havo filtrini tekshirish.
Havo filtrlari belgilangan oraliqlarda almashtirib turilishi zarur.
Agarda filtrlovchi element ko’p marotaba ilatishga mo’ljallangan bo’lsa, u holda dvigateldan echilib
va uning idishdagi iflos moyi to’kilib, detallarini kerosinli vannaga solinib va filtrlovchi
elementning qobiqlari atseton bilan yuviladi, so’ngra quritib, yig’ib, filtr korpusiga toza moy quyib,
filtrlovchi element shu moy bilan namlanadi va o’z joyiga o’rnatiladi.
|
| |