• Qaytarish uchun savollar
  • Yoritish va ogohlantirish anjomlarining




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Yoritish va ogohlantirish anjomlarining
    nosozliklarini kelib chiqishi lampochkalarning
    kuyishi, uzgich-ulagichlarning ishdan chiqishi natijasida ro’y beradi. Eng asosiy nosozliklar
    faralarning nosozligidan iborat. Yaqin yoritish chiroqlari 30 m. ni, uzoq yoritish chiroqlari 100 m.
    masofani yoritishi kerak. Ular mahsus optik priborlar yordamida yoki avtomobildan ma’lum
    masofada devorga o’rnatilgan mahsus ekran yordamida sozlanadi.
    Rostlash vaqtida bitta farani yorug’lik nuri o’tkazmaydigan g’ilof bilan yopib qo’yiladi.
    Agar yorug’lik sharpasining ellipssumon shakli markazi bilan ekrandagi vertikal va gorizantal
    chiziqlarning kesishish nuqtasi mos tushmasa, rostlash vintlari orqali hamma faralar burab
    moslanadi. Shunday tartibda ikkinchi fara ham rostlanadi.
    Agarda farani rostlashda ekrandan foydalanilsa, u holda ekran, avtomobilning turiga qarab,
    undan 5-12 m gacha uzoqlikda joylashtirilishi mumkin. Yoritish jihozlarining yaroqsiz detallari
    almashtirish yo’li bilan ta’mirlanadi.
    Tekshiruv-nazorat priborlarini ishlay bilish qobiliyati, ko’rsatish to’g’riligi tekshiriladi.
    Ularning nosozliklari sim chulg’amlarining kuyishi, simlarning uzilishi, noto’g’ri ko’rsatishi bo’lib,
    tuzatib bo’lmasa, ular yangisiga almashtiriladi.
    Moy bosimi, suv harorati va yonilg’i sathining ko’rsatgichlari datchik va qabul
    qiluvchilarning ishchanligini tekshirish uchun, ular avtomobildan echib olinadi va mahsus jihozlar
    yordamida me’yor ko’rsatgichlariga taqqoslab tekshiriladi. Agar bu ko’rsatgichlar me’yor
    chegarasida bo’lsa, asboblar soz holda hisoblanadi.
    Qaytarish uchun savollar
    1.AKB uchraydigan nosozliklar va uning alomatlari.
    2. AKB ni diagnostikalash ko’rsatkichlari
    3.AKB TXK texnologiyasi.


    62
    4.AKB larni joriy ta’mirlash va unda qo’llaniladigan jihozlar.
    5.O’t oldirish tizimidagi uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
    6.O’t oldirish tizimini diagnostikalash
    7. O’t oldirish tizimiga TXK texnologiyasi.
    8.Elektr jihozlarida uchraydigan nosozlik va buzuqliklar, ularning alomatlari.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish