• Transmissiyadagi aylana lyuftini aniqlaydigan K-428 asbobi.
  • Transmissiya agregatlariga TXK.
  • Transmissiya agregatlarini diagnostikalash




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Transmissiya agregatlarini diagnostikalash.
    Diagnostikalash agregatlarning texnik holati
    xaqida hamda zarur rostlash ishlarini bajargandan so’ng ularni yana ishlatish mumkinligi to’g’risida
    hulosa chiqarishga imkon beradi. Transmissiya agregatlarini avtomobil harakatlanganda,
    shuningdek, maxsus jihozda tekshirish mumkin. Diagnostikalash jihozining konstruksiyasiga qarab,
    ilashma to’liq qo’shilmasligi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma va orqa ko’prik shovqin bilan
    ishlashi, tishli ilashmalarni esa eyilganlik darajasi aniqlanishi mumkin.
    Transmissiyani diagnostika qilishning oddiy usuli K-428 asbobi yordamida etaklovchi
    ko’prik, kardan vali va uzatmalar qutisidagi aylana lyuftlar yig’indisi hisoblanadi. Asbob qamrovchi
    skobali dinamometrik qurilmadan(2) va uni tashkil etuvchi qo’zg’aluvchan (4) hamda qo’zg’almas
    (3) jag’lardan iborat. Qamrovchi skoba tekshirilayotgan yarim o’qqa yoki kardan valiga kiydiriladi,
    so’ng qo’zg’aluvchan jag’ni chervyak yordamida surib agregat detaliga mahkamlanadi.
    Transmissiyadagi aylana lyuftini aniqlaydigan K-428 asbobi.
    Lyuftni aniqlash uchun dasta(1) kuch bilan buraladi va prujinali tovush daraklagich ovoz
    chiqargach, o’lchagich strelkasi tomonidan lyuft qayd kilinadi. O’lchagich shkalasini ixtiyoriy
    burchakka burish mumkin. Shuning uchun, o’lchash ishlarini bajarishdan avval, tekshirilayotgan


    64
    agregatga o’rnatilgan asbob strelkasi no’lga keltirilishi zarur.
    Transmissiya agregatlariga TXK.
    Transmissiya agregatlariga xizmat ko’rsatish navbatdagi
    KXK, 1-TXK, 2-TXK jarayonida amalga oshiriladi.
    KXK da transmissiya agregatlari, avtomobilni o’rnidan jildirib va harakatlanish vaqtida
    uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Etaklovchi ko’prikning holati va jipsligi nazorat qilinadi.
    1-TXK da KXK dagi ishlarga qo’shimcha ravishda ilashish muftasi tepkisining erkin yurish
    yo’li tekshriladi va zarur bo’lsa, rostlanadi, yuritma detallari plastik materiallar bilan moylanadi.
    Uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, taqsimlash qutisi, orqa ko’prik karterining mahkamlanishi,
    zichlagichlarning holati tekshiriladi, agregatlardagi moy sathlari me’yoriga keltiriladi.
    2-TXK da transmissiya agregatlari bo’yicha KXK va 1-TXK dagi barcha ishlar bajariladi,
    moylash haritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar agregatlarda
    nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun ta’mirlanadi.
    Qo’shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo’yicha bajariladigan ishlarni
    alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transmissiya agregatlarini diagnostikalash

    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish