Ilashish muftasiga texnik xizmat ko’rsatish




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Ilashish muftasiga texnik xizmat ko’rsatish.
Ekspluatatsiya jarayonida ilashma rostlab
turiladi, ammo bundan oldin ilashma tepkisining erkin yo’li tekshiriladi. Buning uchun ikkita
surilgichi bo’lgan chizg’ichdan foydalaniladi. Chizg’ichning bir uchi kabina poliga tiraladi,
surilgich esa tepki maydonchasiga to’g’rilanadi. Ilashma tepkisi, harakatlanishga qarshilik keskin
ortgunga qadar bosiladi va shu vaziyat ikkinchi surilgich yordamida qayd qilinadi. Chizg’ichning
ikkala surilgichi orasidagi masofa tepkining erkin yo’lini aniqlaydi.
Zamonaviy Neksiya, Espero va shunga o’xshash avtomobillarda ko’pincha ilashish muftasi
uchun gidravlik yuritma ishlatiladi. Bunday mufta yuritmasi tepkisining to’liq harakatlanish va
erkin yurish yo’li me’yoriga keltiriladi. To’liq harakatlanish yo’lini aniqlash uchun ilashish
muftasining tepkisi bilan rul chambaragining pastki qismigacha bo’lgan masofa (NEKSIYa
avtomobilida) aniqlanadi, so’ngra tepki to’liq bosilib yana masofa aniqlanadi. Bu ikki masofalar
orasidagi farq 130-136 mm bo’lishi kerak. Agar bu masofa me’yoridan farq qilsa, u holda sozlash
ishlari bajariladi. Tepkining erkin yurish yo’li 8-15 mm oralig’ida bo’lishi kerak.
VAZ, Moskvich va GAZ rusumli engil avtomobillarda, ilashish muftasi tepkisining erkin
yurish yo’li ishchi tsilindr shtokining uzunligini o’zgartirish yo’li bilan sozlanadi.
Monjeta, porshen yoki tsilindrlarning eyilishi natijasida me’yoridan ortiq miqdorda
tirqishlar yuzaga keladi. Ular orqali ilashish muftasining yuritmasiga havo kirib qoladi, Uni ishchi
tsilindrning havo chiqarish trubkasi orqali chiqarib tashlanadi.
Buning uchun ishchi tsilindr chang va kirliklardan tozalanadi. Ilashish muftasi yuritmasidagi
suyuqlik quyish idishining qopqog’ini ochib, suyuqlik sathi tekshiriladi. U rezbali qismidan 15-20
mm. dan pastda yoki ”min” belgisidan past bo’lmasligi kerak. Ishchi tsilindrning chiqarish
klapani(1) rezina qopqog’i olinib, o’rniga rezina shlanga tiqiladi va bir uchi 1/3...1/2 hajmda tormoz
suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga tushiriladi. Yuritma tepkisi qarshilik sezilguncha, ya’ni
tepkining yurish yo’li o’zgarmagunga qadar, tez-tez bosib harakatlantiriladi, so’ngra tepkini bosib
turib, klapan 1/2...3/4 aylanaga buraladi va tepki ohirigacha bosilgach, klapan mahkamlanadi hamda
tepki sekin qo’yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom
ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va
me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib, shlanga echib olinadi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilashish muftasiga texnik xizmat ko’rsatish

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish