Havo yuritmali tormoz tizimiga TXK




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Havo yuritmali tormoz tizimiga TXK
. TXK davrida havo yuritmali tormoz tizimi
bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi:
1. Kompressor texnik holatini aniqlash va tasmalarning tarangligini sozlash. Kompressorni
tekshirishdan avval tasmasining tarangligi tekshiriladi va sozlanadi. Ikki shkiv o’rtasidan tasmani
30-40 N kuch bilan bosganda, egilishi 10-15 mm ni tashkil etishi kerak.
Kompressorni tekshirish uchun dvigatel ishga tushirilib havo bosimining ko’tarilish tezligi
aniqlanadi. Havo bosimi 0 dan 0,6...0,7 MPa ko’tarilishi 5-6 minut davom etishi kerak.
2. Havo sozlagichni tekshirish va sozlash.
Havo sozlagich kompressorni tizimdan 0,7-0,74 MPa bosimda uzishi va 0,55-0,6
MPa bosimda ulashi kerak. Yuqori bosim qistirmalar sonini oshirish yoki kamaytirish, pastki bosim
- qalpoqchani qotirish yoki bo’shatish yo’li bilan sozlanadi.
3.Tormoz tizimining zichlikligini tekshirish va sozlash.
Zichlik ikki uchastkada tekshiriladi:
A. Kompressor - tormoz krani uchastkasi:
Ishlab turgan dvigatel o’chiriladi va havo bosimi pasayishi manometr yordamida kuzatib
boriladi. Tormoz tepkisi bosilmagan holatda, bosimning 10-12 minut davomida pasayishi 0,01 MPa
dan oshmasligi kerak. Bosimning me’yoridan tez pasayishi “kompressor-ressiver-tormoz krani”


72
uchastkasida jipslik buzilganligini ko’rsatadi.
B.Tormoz krani - tormoz kamerasi uchastkasi:
Ishlamayotgan dvigatelda tormoz tepkisi to’liq bosiladi va manometr yordamida bosimning
pasayishi tekshiriladi. Bunda bosim tezda 0,10-0,15 MPa ga pasayishi so’ngra pasaymasdan turishi
zarur. Bosimning me’yoridan pasayishi “tormoz krani-tormoz kamerasi” uchastkasida jipsliklik
buzilganligini ko’rsatadi. Havo chiqish joyi eshitish yoki sovun aralashmasini shubhali joylarga
surtish bilan aniqlanadi.
4. Tormoz kranini tekshirish va sozlash.
Tormoz tepkisining erkin yurish yo’li chegaralovchi gayka bilan mahkamlangan bolt
yordamida sozlanadi. Tormoz tepkisining erkin yurishi (30...60 mm), tormoz krani yuqori
richagining (1...2 mm) erkin yurishga mos keladi. Tormoz tepkisi bosilganda, ya’ni tormoz
kamerasi va ressiverda bosim tenglashganda, uning orqa tomoni kabina poliga 10...30 mm etmasligi
kerak. Agar shu shart bajarilmasa, tepkiga biriktirilgan vilka yordamida bu masofa sozlanadi.
5. Tormoz kameralari shtoki yolini tekshirish va sozlash.
Shtok youining uzunligi chizg’ich yordamida aniqlanadi; bu oraliq oldingi g’ildiraklarda
15...25 mm, orqa g’ildiraklarda 20...30 mm bolishi kerak. Shtok yo’li, uning uchiga o’rnatilgan
vilkani oldinga yoki ketinga burash yo’li bilan sozlanadi. Sozlash davrida chap va o’ng
g’ildiraklardagi tormoz kamerasi shtogining ishchi yo’li bir xil bolishi ta’minnlanadi.
Tormoz kamerasi shtogining uzunligi hamda kolodka qoplamasi va baraban orasidagi tirqish
qo’shimcha ravshda chervyakli sozlash mexanizmi yordamida me’yoriga keltiriladi.

Download 6,46 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish