|
Tormoz tizimi birikmalarini joriy ta’mirlashBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasiTormoz tizimi birikmalarini joriy ta’mirlash.
Bunda
tormoz
tizimining ishdan chiqqan
birikmalari bo’laklarga ajratiladi, eyilgan detallar yangisiga almashtiriladi.
Avtomobillarning tormoz tizimiga 2-TXK va JT vaqtida eyilgan tormoz kolodkalarining
qoplamalari R174 turidagi jihozlar yordamida yo’nilib yoki parchinmixlar parmalanib olib
tashlanadi. Yangi qoplamalar rangli metallardan tayyorlangan parchinmixlar yoki VS-10T elimi
yordamida qotiriladi. Elimlash ish hajmini uch barobar kamaytiradi, rangli metallarni tejaydi,
qoplamalarning ishqalanish yuzasini va ishlash muddatini oshiradi. Elimlashdan awal kolodkalar
metallgacha tozalanadi, atseton yordamida moysizlantiriladi va 10 min. davomida quritiladi. Elim
yuzaga 0,1...0,15mm qalinlikda bir qatlam surtiladi va 10
..
.15 min. ushlab turiladi (elim
qatlamining qalinligi 0,5mm dan yuqori bo’lsa, birikma mustahkamligi pasayadi), keyin ikkinchi
qatlam suriladi va qaytadan quritiladi. Qoplama kolodka bilan birlashtirilib maxsus moslamaga
(1.68-rasm) o’rnatiladi hamda 0,2...0,4MPa bosim bilan siqiladi va 175...185°S haroratda 1,5
...
2
soat quritiladi. Bundan so’ng 50
...
60 min. davomida pechka harorati 100°S ga tushguncha hamda
2
. . .
3 soat havoda sovutiladi. Bunday sovutishda elimlangan birikmada qoldiq kuchlanish
kamayadi.
Elimlashning boshqa usuli ham mavjud bo’lib, unda paxta qog’ozli lenta maxsus
moslamalar yordamida VS-10T elimi bilan shimdiriladi va quritiladi. Elimlash vaqtida kerakli
o’lchamdagi lenta qirqib olinadi, kolodka va qoplama orasiga qo’yiladi va uni 0,2...0,3MPa bosim
bilan siqiladi, 180+5°S haroratda 1,5 soat ushlab turiladi. Elimlash sifati 7,5.
.
.8MPa bosim ostida
press yordamida siljishga tekshiriladi.
Kolodkalarning ishchi yuzalari radiusi tormoz barabani o’lchamiga mos kelishi zarur. Buni
amalga oshirish uchun tormoz kolodkalari R
|
| |