• Shina va kameralarni yo’l sharoitida ta’mirlash.
  • Kamerasiz shinalarni ta’mirlash
  • Shinalarni yamash uchun jihozlar




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Shinalarni yamash uchun jihozlar
    Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida
    tayorlanishi mumkin.
    Kameralarni ATK da ta’mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so’ng yamaladi.
    Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo’q, yirtiq joylarining bo’yi 50 mm dan, eni 5
    mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konsertratsiyali kley
    surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda
    dag’allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan
    rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar
    yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
    Shina va kameralarni yo’l sharoitida ta’mirlash.
    Yo’l sharoitida shinalarni teshigi qo’ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin
    shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
    Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo’l sharoitiga mo’ljallangan yamash moslamalari
    yordamida yamaladi. Yo’lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-biriga


    80
    yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo’lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o’rnatilgan
    bo’ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi.
    Kamerasiz shinalarni ta’mirlash
    Kamerasiz shinalar xuddi kamerali kabi ta’mirlanadi, lekin teshiklari 2 xil usul bilan
    yamaladi. Kichik teshilganda (3 mm ga) shinalar echilmasdan, joyida, teshigiga shpris yordamida
    maxsus pasta yuborilib yamaladi. Buning uchun shinadagi bosim 0,03:0,05 MPa ga tushiriladi,
    pasta yuborilgandan 10-15 min keyin bosim me’yoriga keltiriladi. 3 -10 mm li teshiklar maxsus
    probkalar yordamida, shinani diskdan echmasdan turib yamaladi. Yoki shinani echib oddiy shinalar
    kabi yamaladi.
    Shinani diski bilan yamash uchun maxsus sterjen yordamida kley surtilgan teshikka tiqin
    tikiladi va uning uchi pratektordan 2-3 mm chiqarib qo’yiladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish