Amortizatorlarga texnik xizmat ko’rsatish ularning mahkamlanishini tekshirish, eyilgan
rezina vtulkalarini o’z vaqtida almashtirish, jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo’ladi. Agar
amortizator o’z xossalarini yo’qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo’lsa, ta’mirlanadi, sinovdan
o’tkaziladi, so’ng avtomobilga o’rnatiladi.
Avtomobil gupchagi podshipniklarini sozlash tormoz barabanini erkin holda aylanishi
vaqtida bajariladi. Gupchakning sozlovchi gaykasini ohirigacha, buragich yordamida tortiladi va
GAZ avtomobillarida 1/5 aylanishga orqaga aylantiriladi, ZIL avtomobillarida esa eng yaqin shplint
o’rnatuvchi teshikkacha orqaga buraladi. Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov
moyi bilan to’ldiriladi va gupchak qalpog’i o’rnatiladi. Shkvoren birikmasining eyilishi T1 asbobi
yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori avtomobilning oldingi ko’prigiga o’rnatiladi. G’ildirak osib
qo’yiladi va indikatorning o’lchash sterjeni tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi.
Agar shkvoren birikmasida eyilish bo’lsa, g’ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini
ko’rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5 mm gacha bo’lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb
hisoblanadi.
Oldingi ko’priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bo’laklarga ajratiladi. Shkvorenlar,
uning barmoqlari, tashqi va ichki podshipniklarini echish uchun maxsus echgichlardan
foydalaniladi. Eyilgan podshipniklar va
m l tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi
ko’prik balkasi egilganligini maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o’lchagichlar
yordamida aniqlanadi.Eyilgan shkvoren vtulkalari yangisiga, avval vtulkaning bir tomoni, keyin esa
ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida o’rnida qolgan vtulka o’rnatilayotgan vtulka
uchun markazlovchi rolini o’ynaydi.
Oldingi ko’prik nosozliklarining eng ko’p uchraydigani - g’ildirak o’rnatish burchaklarining
buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi,
engil avtomobillar uchun g’ildirakning og’ish burchagi, shkvorenning bo’ylama og’ishi, burilish
burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik
texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakning
buzilishiga olib keladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g’ildiraklarning og’ish burchagi hamda shkvorenning
bo’ylama og’ish burchagining buzilishi balkaning deformatsiyasi hisobiga o’zgaradi. Agar balkani
to’g’rilashning imkoni bo’lmasa, uni yangisiga almashtiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan
76
oldingi osmasi ikkita richagdan iborat bo’lgan engil avtomobil g’ildiraklarining og’ish burchagi
yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yo’li bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti
tagiga bir xilda g’istirmalar qo’yiladi (yoki olinadi).