74
paydo boladi, parchin-mixli birikmalar bo’shashadi, dvigatel va transmissiya agregatlarining o’zaro
to’g’ri joylashuvi buziladi.
Oldingi ko’prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, ko’prik
balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o’rnatish teshigining,
shkvoren va uning
vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o’rnatish teshigining eyilishi misol bo’ladi.
Oldingi ko’prik detallarining eyilishi g’ildiraklar o’rnatish burchaklarining buzilishiga, shinalarning
bir tomonlama eyilishiga va avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
Yurish qismining ko’rsatib o’tilgan nosozliklari avtomobilning to’g’ri chiziqli harakatdan
o’ngga
yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g’ildiraklarning
ta’siri, avtomobilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va
tebranishlar oqibatida yuzaga keladi.
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida aniqlanadi.
Yurish qismiga TXK.
1-TXK ning ish
hajmiga amortizatorlar, oldingi va orqa osmalarning
holati hamda mahkamlanishini tekshirish, g’ildirak gupchagi podshipniklaridagi
va buriluvchi sapfa
shkvorenlaridagi lyuftlarni o’lchash, shuningdek, ramani va oldingi o’q to’sinining holatini
baholash kiradi. Moylash haritasiga
mos ravishda, grafik bo’yicha, buriluvchi sapfa
shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki podshipniklari moylanadi. Shinalar holati va ulardagi
havo bosimi tekshiriladi, zarur bo’lsa me’yoriga keltiriladi.
2-TXK da yuqorida aytib o’tilgan ishlarga qo’shimcha
ravishda oldingi va orqa
ko’priklarning to’g’ri o’rnatilganligi, oldingi g’ildiraklarni o’rnatish burchaklari tekshiriladi hamda
zarur bo’lsa rostlanadi, oldingi va orqa ressoralarning barmoqlari, uzangisimon tortqilari hamda
xomutlari, amortizatorlar va ressora yostiqchalari mahkamlanadi, g’ildirak podshipniklariga
minimal tirqishlar qo’yiladi.