75
bo’lmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltning kesilishi oqibatida sodir bo’lishi mumkin.
Ressoralarning ishonchli mahkamlanishini tekshirishda alohida
eotiborni uzangisimon tortqi
gaykalarining qanday tortilganligiga hamda ressorani sharnirli mahkamlaydigan vtulkalardagi
eyilishlarning bor-yo’qligiga qaratish lozim. Agar ressoraning bir uchi rezina yostiqchalarga
mahkamlangan bo’lsa, yostiqchalarning butunligi va ularning tayanchda to’g’ri
joylashganligi
tekshiriladi. Ressoraning uzangisimon tortqilari va xomutlaridagi gaykalarni bir tekisda, avval
oldingilari(avtomobilning harakatlanishi bo’yicha), so’ng keyingilari tortib qo’yiladi.
Ressoralarning elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi bo’yicha tekshiriladi. Bu
ko’rsatkichni ressora uchlari orasida ip tortib va ipdan egilgan o’zak listning o’rtasigacha bo’lgan
tik masofani o’lchab aniqlash mumkin. Avtomobil osmalaridagi ressoralarning yoysimonligi bir-
biridan bo’yicha 10 mm dan ko’p farq qilmasligi kerak. Avtomobil harakatlanganda ressoralarda
g’ichirlashlar,
shuningdek, listlarda zanglar paydo bo’lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda
yuvish va grafit bilan moylash lozim bo’ladi.