81
4. Ko’tarish, tashish va qarash
ishlari texnologik jarayoni
5. Ajratish-yig’ish ishlari texnologik jarayoni
1
.
Texnik sharoitlarga asosan ma’lum bir ketma-ketlikda ish va operatsiyalarni bajarishga
texnologik jarayon deyiladi.
TXK va JT texnologik jarayonini amalga oshirishdan maqsad avtomobillarni texnik
tayyor
holatda ushlab turishdan iborat.
Ishlarni ratsional ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, ya’ni texnologik
haritalardan, zavod ko’rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi.
TXK va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish joylarida bajariladi.
Ish joyi deb - ma’lum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi
jihoz va
asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muxiti tushuniladi.
Ishchi posti deb - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar va avtomobil uchun joy bilan
jihozlangan va bir yoki bir necha ish joylaridan iborat bo’lgan muhit tushiniladi.
TXK va JT texnologik jarayonini bajarishda ATK ning
IChTB sida texnologik va
operatsion haritalar, post haritalari, harita-sxemalar TXK uchun qo’llanma,
JT uchun qollanma va
boshqa turdagi xujjatlar ishlatiladi.