Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda e




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

3. Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda e
kspluatatsiya qilishning o’ziga hos
hususiyatlari bo’lib, shulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
- havoning yuqori harorati va nisbiy namlikning pastligi,
- havoning tarkibidagi changning ko’pligi,
- sovutish tizimiga solinadigan suvning qattiqligi va iflosligi.
Avtomobillarni ekspluatatsiyasini og’irlashtiruvchi omillarning asosiylaridan biri shuki, yoz
kunlari tuproqni va
yo’l qoplamlarining haroratini 70°S
dan oshib ketishidir. Baozi joylarda,
erdagi beton va asfalt yo’llar qoplamasining harorati 85°S va xatto undan ham oshib ketadi.
Toshkent shaxri atrofidagi yo’l qoplamining harorati esa 75°S dan 80°S gacha, Xorazm yo’llarining
harorati 78°S gacha etadi.
Havoning namligi, jumhuriyatimizning baozi bir nohiyalarida 28-30% ni tashkil qilib,
shunday kunlarning soni bir oyda 18-28 kunni tashkil etadi.
Havoning harorati yuqori bo’lgan sharoitlarda eng katta eotibor korbyuratorli dvigetellarda,
ta’minnlash tizimining ishiga qaratilishi zarur. Chunki, hozirgi paytda avtomobillarni ta’minnlash
tizimi o’rtacha iqlim sharoitlariga moslab loyihalanadi. Natijasida, avtomobillar issiq sharoitlarda
ishlaganda, dvigatellarni o’z-o’zidan to’xtab yoki ishdan chiqish hollari tez-tez uchrab turadi.
Buning asosiy sababi ta’minnlash tizimida bug’ tusini hosil bo’lib, korbyuratorga yonilg’ini kerakli
miqdordagi etib kelmasligidir. Bu hoi asosan yozning eng issiq kunlarida, shaharlardagi yo’l
harakati tig’iz paytlarida, avtomobillarni yig’im-terim ishlariga jalb qilingan paytlarda, yo’l sharoiti
juda og’ir joylarda yuzaga keladi.
Bug’ tusi suyuqlik bug’langandagi, uning katta hajmiy kengayishi natijasida paydo bo’ladi.
U, avtomobilda yonilg’i bakdan karbyuratorgacha bo’lgan oraliqda, yonilg’ining qizishi natijasida,
benzin tarkibidagi tez qaynaydigan fraksiyalari bug’lanishidan sodir bo’ladi. Bizga ma’lumki
benzin bug’langanda, uning hajmi 150-200 marta oshib ketadi, natijada yonilg’i nasosining quvvati
katta hajmdagi bug’ni haydashga etmay qoladi. Natijada tsilindrga etarli darajada yonilg’i etkazib
berilmaydi, bu o’z navbatida yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilg’ini kamayib ketishiga va
dvigatelni to’xtab qolishiga sabab bo’ladi.
Avtomobillarning takomillashishi natijasida, kapot osti oralig’idagi bo’sh joylar kamayib
bormoqda. Bu birinchidan, oraliqning kichrayishi bo’lsa, ikkinchidan kapot osti oralig’ida yangi-
yangi jihozlarning paydo bo’lishidir. Natijada kapot osti oralig’idagi havoning almashishi
qiyinlashib, harorati ko’tarilib ketadi. Bu esa yonilg’i bilan ta’minnlash jihozlari ichidagi yonilg’i
haroratining oshib ketishiga olib keladi.


91
Avtomobillarni yozning issiq kunlarida ekspluatatsiya qilishda, ha-voning tarkibida
changni
ko’pligi yana bir muammoni tug’diradi.
Jumhuriyatimizda yildan-yilga yo’llar ko’payib bormoqda, lekin shu bilan birga ko’p
oblastlarda yo’llarning yarmidan ko’pi qattiq qoplamsizdir. Bu esa havo tarkibidagi chang
zarrachalarining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Yozning issiq kunlarida havoning tarkibidagi changning miqdori,III kategoriyali yo’llarda
1.5, tuproqli yo’llarda 3.6 g/mm3 ga etadi. Havo tarkibida chang zarrachalarining qiymati, qattiq
shamol paytlarida yanada oshadi.
Eng qattiq shamol, ko’proq Yangier atrofida bo’lib, u erda shamolning tezligi 45 m/sek ga
etadi. Bu shamol 1-2 kundan 3-4 kungacha to’xtovsiz esishi, baozi paytlarida esa 6 kungacha
davom etishi mumkin.
Buning natijasida chang va qum, ishqalanib ishlaydigan qismlar orasiga tushib, u erlarda
yoyilishni oshishiga olib keladi. qattiq shamol paytlarida, havo tarkibidagi chang 17 g/m3 gacha
ko’tariladi. Bu zarrachalarning kattaligi 60 mkm etadi. Chang zarrachalari yonilg’i baki, moy
quyish naychasi va salniklar orqali, brikmalar orasiga tushib yoyilishni kuchaytiradi.
Bundan tashqari kunning issiq paytida agregat va mexanizmlaridagi

Download 6,46 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda e

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish