88
shamollari va juda og’ir yo’l sharoitlarini (qishda qor uyumlari, eng past yo’l kategoriyalarida
ishlash, yo’l qoplamlari yo’q) ham o’z ichiga oladi.
Issiq quruq va juda issiq quruq tabiiy rayonlar issiq iqlim bilan bir qatorda quyosh
radiaktivligi va havoning yuqori changligi bilan farq qiladi.
Ko’pgina o’zgacha sharoitdagi rayonlar yangi o’zlashtirilayotgan, TXK, JT va saqlash
uchun juda kam sharoit yaratilgan joylar hisoblanadi.
Bu sharoitlarda transport jarayonini va avtomobillardan texnik foydalanish samaradorligini
oshirish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
a) shu sharoitlarga moslab ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish;
b) texnik foydalanish ko’rsatgichlarining me’yorini shu sharoitga qarab
korrektirovka qilish;
v)avtomobillarni o’t
oldirish, saqlash turlari va apparatlarni moslab ishlatish. Shimol sharoitiga
moslab ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- -60°S gacha sovuqlikda buzilmasdan ishlashi;
- kabinalari isitiladigan va issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplanganligi;
- oldingi oynakni ichki isitish moslamasi bo’lishi;
- sovuq sharoitda dvigetelni qiynalmasdan o’t oldirish mumkinligi;
-
sovuqqa chidamli shinalar, rezina-texnik maxsulotlar va detallar bilan ta’minnlanganligi;
- sovuq iqlim sharoitida maxsus yonilg’i, moylovchi yog’lar va boshqa suyuqliklar
ishlatilishi kerak.
Issiq iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqilgan avtomobillar uz-luksiz yopiq sovutish tizimiga
ega bo’lishi kerak. Bu tizim o’z navbatida sovutish suyuqligini parlanib ketishidan saqlaydi, hamda
moy sovitish sovitgichi bo’lishi kerak. qumlik va saxroda ishlaydigan avtomobillarning havo
tozalagichi maxsus tayyorlangan bo’lishi kerak. Bu avtomobillarda qo’llaniladigan
shinalar, rezina-
texnik materiallar, polimerlardan tayorlangan detallar issiq iqlim sharoitida buzilmasdan ishlashini
ta’minnlash kerak.
Akkamullyator batareyalari eng kam qiziydigan erga joylashtirilishi, haydovchi va
yo’lovchilar xonalari issiqlikdan himoya qilish materiallari bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Yo’lovchilar kuzovi va haydovchi kabinasi havo almashtirgich yoki kondetssionerlar bilan
jihozlanishi zarur. Tashqi bo’yoqlar yorug’ ranglar (oq, sut rang va h.k) bilan bajarilishi kerak.
Yuqori tog’ sharoitlarda ishlatiladigan avtomobillar maxsus loyihalashtirilgan bo’lib, bu
sharoitlarda dvigatel quvvatini kamayib ketmasligi ta’minnot va o’t
oldirish tizimi
takkomillashtirilgan, maxsus uzatmalar qutisi o’rnatilgan, tormoz tizimida esa sekinlashtirgichlar
qo’llanilgan bo’lishi kerak.