98
ATKlarda ishlab chiqarishda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar quyidagi
asosiy qismlarga bo’linadi:
- agregatlar va ehtiyot qismlar 40...60%
- har xil materiallar
10...12%
- shinalar
8...15%
- yonilg’i
4...8%
- asbob-uskunalar va vositalar 15...28% Ehtiyot qismlar va materiallar ishlash qobiliyati va
chidamligiga qarab ham, har xil
guruhlarga bo’linadi:
1) Ishlay bilish qobiliyati avtomobilnikiga teng qismlar,
2) Harakat havsizligini ta’minnlovchi qismlar,
3) Ishlay bilish qobiliyati kam va ularni ish jarayonida almashtirish hisobga olingan qismlar,
4) Oldingi 3 guruh qismlarni almashtirish jarayonida, almashtiri-lishi zarur bo’lgan
yordamchi qismlar.
Ko’rinib turibdiki biz rejalashtirishda asosiy diqqatimizni keyingi 3 guruh qismlarga
qaratishimiz kerak.
ATK larda saqlanadigan, ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallarni turlari 4000 ga etadi.
Bu qismlar va materiallarni omborlariga biron-bir qonuniyat bilan joylashtirilmasa, ularni topib
olish juda ko’p vaqtni oladi. Shuning uchun saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallar ma’lum
qonuniyatga asosan bo’linadi va peshtaxtalarga joylashtiriladi. Ehtiyot qismlar guruhlarga, guruhlar
guruhchalarga va h.k bo’linib nomenklatura qatorlari hosil bo’ladi. Bu qator bo’yicha har bir qism 3
yoki 4 raqamdan iborat yorliqqa ega bo’ladi. Ko’rsatilgan shakl pog’onali narvon bo’yicha bo’linish
deyiladi. Ehtiyot qismlar, metall materiallar omborxonada maxsus ko’p qavatli peshtaxtalarda
saqlanadi. Shinalar ham 2 qavatli peshtaxtalarda tik turgan holda saqlanadi. Kameralarga ozroq dam
berilgan holatda ilgaklarda saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan bir oz aylantirilib turiladi. Shinalar
ombori qorong’i bolib, u erda havoni harorati me’yorida bolishi kerak ((-10°S< t < +20°C
oralig’ida), tez yonadigan materiallar bo’yoqlar, laklar, eritgichlar maxsus yong’inga chidamli
qurilmalarda saqlanishi zarur. Kislotalar solingan shisha idishlar, yumshoq idishlarda, alohida
xonalarda saqlanishi kerak.