Karer avtomobil o’zito’kgichlarning texnik ekspluatatsiyasi




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

Karer avtomobil o’zito’kgichlarning texnik ekspluatatsiyasi.
Karerlarda, ko’mir va ruda
konlarida asosan BelAZ-540A (27 tonnali), BelAZ-548A (40 tonnali), BelAZ-549A (75 tonnali),
BelAZ-7519 (110 tonnali) avtomobillari ishlatiladi.
Bu avtomobillar 4x4 formula bilan ishlovchi va kichik bazali avtomobillardir.
Avtomobillar yumshoq yurishi uchun prevmogidrovlik osmalar, GMP, tormoz sekinlatgich,
takomillashgan ag’darish tizimlari ishlatiladi.
Ishlash sharoitlarining avtomobillar ekspluatatsiyasiga ta’siri 3 guruhga bo’lib o’rganiladi:
- transport sharoiti,
- yo’l sharoiti,
- iqlim sharoiti. Transport sharoitlariga ish hajmi, yuklarning turi, yuklash va tushirish
sharoitlari,
avtomobilni ishlatish rejimlari va boshqalar kiradi.
Yo’l sharoitlari esa o’z ichiga yo’l qoplamining turi va tasnifini, yo’l ko’prik va
qurilmalarning chidamliligini, yo’lning loyihasi va profilini, yurish qismining holatini va
boshqalarini oladi.
Iqlim sharoitiga havoning issiqligi, quyosh nurining ta’siri, havoning namligi, bosim,
suvning qattiqligi va havoning iflosligi (changligi) kiradi.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlar, karer avtosamosvallariga TXK va ta’mirlash rejimga
ta’sir ko’rsatadi. Nizomda keltirilishicha 1-TXK va 2-TXK ning davriligiga 4 ko’rsatgich ta’sir
qiladi: yuk tashish masofasi (km), qiyalikka ko’tarilish uzunligi va burchagi, yo’l qoplamining turi.
1-TXK va 2-TXK ning ish hajmiga ATK dagi avtomobillar soni ham ta’sir etadi.
JT ning ish hajmiga esa, iqlim zonasi, ATK dagi avtomobillar soni, avtomobillarning yoshi
va yuqoridagi 4 ko’rsatgich ta’sir ko’rsatadi. Avtosamosvallarning g’ildiraklarini JT ish hajmiga
esa, yuk tashish masofasi, qiyalik uzunligi va burchagi, tog’ jinsining qattiqligi va ishlov berilgan
yo’l koplamining turi ta’sir qiladi.
Karer avtosamosvallariga TXK va JT ni tashkil qilishning quyidagi usullaridan


96
foydalaniladi:
a) Kompleks-bunda ishchilar o’zlariga biriktirilgan avtosamasvallar bo’yicha hamma
ishlarni bajaradilar.
b) Texnologik-bunda ishchilar birlamchi guruhlarga birlashib, har bir guruh faqat ayrim
ishlarni bajaradilar. (misol: TX, JT, g’ildiraklar bo’yicha ishlar, payvandlash va boshqalar).
v) Texnologik-detallar bo’yicha bunda birlamchi guruhlar ayrim agregat va birikmalar
bo’yicha hamma ishlarni bajaradi. (misol: boshqaruv qism (rul), yonilg’i taminlash qismi...).
Kompleks ish tashkil qilish avtosamosvallar soni 50 gacha bo’lganda yaxshi natija beradi,
texnologik usul esa 50 dan ko’p bo’lganda qo’llaniladi. Texnologik - detal usulini shaxsiy
javobgarlik yuqori va tayyorgarlik ishlarini hajmini kamaytirish imkoni bo’lgani uchun, maxsus joy
va bo’lim talab qilinishiga qaramay, avtosamosvallar 100 tadan ortiq bo’lganda qo’llash katta
samara berishi mumkin.
27 va 40 t samosvallar uchun kompleks usulda 1-TXK va 2-TXK ishlari, nosoz detallarni
almashtirish universal ish joylarida tashkil qilinadi. Texnologik usulda tashkil qilishda, 1-TXK
oqimli qatorda, 2-TXK ishlari nosoz detal, agregatlarni almashtirish boshi berk universal ishchi post
bajariladi. Texnologik-detal usulida tashkil qilishda esa 2-TXK ish hajmining hammasi, nosoz detal,
agregatlarni almashtirish ish hajmi bilan birga asosiy agregat va birikmalar guruhlariga bo’linadi
(dvigatel, GMP va h.k.) va mutaxasislashtirilgan ish bo’limlarida bajariladi. TXK va JT ning
hamma usul va usullarida ham yuvish-tozalash, shina va payvandlash ish joylari alohida tashkil
qilinadi.
Qaytarish uchun savollar
1. Ixtisoslashtirilgan avtomobil turlari.
2. Ixtisoslashtirilgan avtomobillarning mahsus jihozlarga TXK va T texnologiyasi.
3. O’zi ag’dargichlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
4. Furgonlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
5. Avtotsisternalarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
6. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.
7. Refrejeratorlarga TXK va JT. qo’llaniladigan texnologik jihozlar.
8. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.

Download 6,46 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karer avtomobil o’zito’kgichlarning texnik ekspluatatsiyasi

Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish