99
tenglama asosida hisoblanadi:
bu erda:
La - avtomobillarni safdan chiqarilguncha yuradigan amartizatsion yo’li, km
n - avtomobildagi bir xil turdagi detallar soni, dona Lp - detallarni zavod tomonidan
belgilagan, birinchi almashtirish-gacha yurishi kerak bo’lgan yo’li, km
Lao- detallarni almashtirishlar oralig’idagi o’rtacha ishlay olish resursi,
ta - avtomobillarni safdan chiqarilguncha yuradigan vaqti, yil
3.ATK ni yonilg’i va boshqa energiya resurslari bilan ta’minnlash
Yonilg’i va moy mahsulotlariga ketadigan harajatlar yuk tashish tannarxini 25% dan
ortiqrog’ini tashkil qiladi. Shuning uchun ham yonilg’ini tejab tergab sarflash, uning isrof bo’lishini
kamaytirish ATK iqtisodiy ko’rsatgichlarini yaxshilashga olib keladi.
1. Yonilg’ini tejash:
-dvigatel konstruksiyalarini takomillashtirish; -avtomobilni
metall sig’imini kamaytirish; -dizel yonilg’isi bilan
ishlaydigan dvigatellarga o’tish.
2. Yonilg’ini boshqa turlari (YoBT) dan foydalanish
Keyingi yillarda mamlakatimizda YoBT bilan ishlaydigan avtomobillarni soni kundan-
kunga ko’payib bormoqda. Bu yonilg’ilarga quyidagilar kiradi: - siqilgan gaz (tarkibi metan
82..98%; etan, propan 1,5%gacha; butan 1%),
- suyultirilgan gaz (tarkibi propan, butan, prolilin),
- yog’och spirti,
- gazokondensatorlar aralashmasi,
- benzin va suv aralashmasi,
- benzin va vodorod aralashmalari.
Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida, yonilg’ini tejash uchun uning sarfi
nimalarga bog’liqligini bilishimiz kerak, bular:
- avtomobillarning texnik holatiga,
- transport protsessini tashkil qilish,
- ishlatiladigan yonilg’i navlarini texnik xujjatlarga va ishlash sharoitlariga to’g’ri kelishi,
- avtomobillarni boshqarish mahorati,
- yonilg’ini etkazib berish jihozlarini holati,
- yondirish tizimini to’g’ri qo’yilishi,
- yonilg’ini tashib kelish, saqlash va tarqatish qoidalariga rioya qilish.
Yonilg’i sarfini oshib ketishiga ta’sir qiluvchi sabablarini bilgan holda, ularni
o’rganish va bartaraf etish zarur.