|
ATK da yonilg’i sarfini me’yorlashBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi5. ATK da yonilg’i sarfini me’yorlash
ATK da sarfini hisoblash chiziqli sarf bo’yicha olib boriladi va bir necha yordamchi
koeffitsient bilan korrektirovka qilinadi. ATK da chiziqli sarfni bir necha omillarni hisobga olgan
holda korrektirovka qilinadi.
- Avtomobillar qish vaqtida ishlashida, janubda - 5% gacha, shimolda -15% gacha, uzoq
shimolda - 20% gacha, boshqa joylarda - 10% gacha yonilg’i sarfi oshadi.
- Avtomobil shahardan tashqarida yaxshi yo’l qoplamida ish bajarganda yonilg’i sarfi 15%
gacha kamayadi.
- Yuk avtomobillari, maxsus avtomobillar, yarim tirkama bilan ishlovchi avtomobillar,
avtopoezdlar ish bajarish TKM hisoblanganda har 100 tkm ga benzin 21, dizel yonilg’isi 1.31,
suyultirilgan gaz 2,51, siqilgan gaz 2 m3 qo’shimcha belgilanadi. Samosval avtomobillari uchun va
avtopoezdlar, qo’shimcha har bir yuk bilan boribkelishi uchun benzin-0.25
1
, dizel yonilg’isi - 0.25
1
, suyultirilgan gaz 0.3
1
, siqilgan gaz 0.25 m3 belgilanadi.
Me’yoriy sarf (Qn) benzin, dizel yonilg’isi, gaz uchun ATK da quyidagicha aniqlanadi:
bu erda:
H
s
- har bir avtomobil uchun chiziqli sarf 1/100km
S
- avtomobil bosib o’tgan yo’l, km
D
- tuzatish koeffitsienti,
V -
ish bajarishdagi yonilg’ini rejaviy sarfi,
W
- ish hajmi,
Q
- har bir yuk bilan borib kelish uchun qo’shimcha sarf,
n
e
- yuk bilan borib kelishlar soni.
Yuqorida ko’rsatilgan hisob-kitoblar orqali aniqlangan me’yoriy sarf yo’l varaqasining "
Yonilg’ining me’yoriy sarfi" katakchasiga yozib qo’yiladi.
Qaytarish uchun savollar
1. ATK da avtomobillarni moddiy texnik ta’minnoti.
2. Avtomobillar uchun ehtiyot qism va agregatlarni me’yorlash usullari
3. Avtomobillarning yonilg’i sarflarini me’yorlash
4. Yonilg’ini tashib kelish va tarqatish.
|
| |