104
TXKS larda esa shaxsiy avtomobil egalariga talon berilishi lozim. Bu talonda chiqindi gazlar
me’yoridan yuqori emasligi qayd qilinishi zarur.
3.
Avtomobillarda ishlashi natijasida chiqadigan zaharli gazlar bilan bir qatorda, undan
chiqadigan shovqin ham kishi organizmiga ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi keltirilgan jadvalda
ko’pincha uchraydigan shovqin balandliklari ko’rsatilgan.
Tovush manbai
Balandligi, db
Samalyot dvigateli, 5m masofada
116
Zavod shovqinlari
200-100
Orkestr,metroda
80
Mashinkada yozuvchi tashkilot (mashbyuro)
60-80
Shovqinli ko’chalar
60-90
va yuqori
Soat ishlashi,50sm masofada
30
Barglarning shovqini
10
Shovqin balandligi ko’tarilishi bilan, unda odamlarning ishlash muddati keskin kamayadi.
Agar shovqin balandligi 90 DB bo’lsa, unda odam 8 soat ishlashi mumkin. Shovqin balandligi har 5
DB ga ortishi bilan unda odamlarning ishlashi 2 barobar kamaya boradi.
115 DB shovqinda odam 15 min bo’lishi mumkin. Agarda shovqin 140 DB ga etsa, bu inson
uchun havfli hisoblanadi va odam qulog’ida og’riq paydo bo’ladi, hamda
jarohatlanishi mumkin va
ishlash taqiqlanadi.
Avtomobillarni shovqini natijasida asosan, haydovchining ish qobiliyati susayadi, reaksiya
vaqti ko’payadi, hamda yo’l transport hodisalari sodir bo’lishi mumkin.
Qattiq shovqin odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, boshi og’riydi va aylanadi, ko’z
qorachig’i kengayadi, yurak
urishi tezlashadi, nerv sistemasi ishdan chiqadi va hokazo.
Izlanishlar shuni ko’rsatdiki 88 DB shovqinda (LiAZ-677 avtobusi kabinasida)
haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95 DB bo’lsa 20% ga kamayadi.
Avtomobillarning asosiy shovqin chiqarish manbai dvigatel va glushitel hisoblanadi,
keyingi manba shinalarning ishlashi hisoblanadi. Shinaga tushadigan yuk oshgan sari shovqin ham
balandlashib boradi.
Avtomobillardan chiqadigan shovqinni kamaytirish asosan ularning dvigatellarini
takomillashtirishdan iboratdir. BMTni Evropa komissiyasi shovqini 82 - 92 dB dan kam bo’lgan
avtomobillarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni taklif qiladi.
Masalan, Angliyada shovqini 85 - 92 dB bo’lgan yuk tashish avtomobillaridan
foydalanishga ruxsat berilmagan. Bunda yuqori shkala yuk ko’tarish qobiliyati 12 t bo’lgan
avtomobillarga tegishlidir.
Yaponiyada esa 1971 yildan boshlab yuk tashuvchi avtomobillarga 80dB, engil
avtomobillarga 70 db me’yor joriy qilingan.
AqSh da yuk tashuvchi avtomobillar uchun 86 dB me’yor qo’yilgan.
Avtomobil
ishlab chiqarish zavodlari, keyingi vaqtda dvigatellardagi yonish protsessini
tokomillashtirgan, chiqarish tizimida 2 - 3 bosqichli glushitellar qo’ygan holda, yuqoridagi
muammolarni enga boshladilar.
105
Hozirgi vaqtda, haydovchilar ish qobiliyatiga zarar etkasmaslik uchun, ko’pgina
avtobuslarning dvigateli orqa tomonga o’rnatila boshlandi. Bu sharoitda haydovchiga 8-10 DB
shovqin kamroq ta’sir ko’rsatadi.
Hammaga ma’lumki shaharda avtomobillar harakati asosiy shovqin mabaidir. Shuning
uchun hozirgi vaqtda binolar qurish, yo’lni bo’laklarga bo’lish ishlari ham davlat standartlariga
muvofiq bajarilmog’i kerak.
Shunday qilib dvigatelni avtomobilda joylashishini ratsional
hal qilish, kapot osti
bo’shlig’ini shovqin yutgich materiallar bilan qoplash, hamda avtomobil agregatlari va tizimlarini
takomillashtirish yo’li bilan shovqinni kamaytirish mumkin ekan.
Tutash darajasini kamaytirish maxsus qo’shimchalar va neytraliza-torlar yordamida amalga
oshiriladi. Hozirgi vaqtda tutash darajasini o’lchash uchun quyidagi dimomerlar ishlatiladi: UFMD-
1P va SIDA-107 MDX da, MK - 3 Angliyada, hamda DRM - 2 Vengriyada ishlab chiqarilgan.