86
bo’lishi JT ishlarini o’z vaqtida va sifatli bajarishga katta imkon yaratadi.
Avtomobillarni JT texnologik jarayoni tashkil etish shaklidan ko’rinib turibdiki, undan
echilgan agregatlarni agregat ustaxonalarida ta’mirlash bilan bir qatorda,
echilmagan agregatlar
uchun avtomobilning o’zida JT yoki sozlash ishlarini bajarish kerak bo’ladi.
JT ga yuborilgan avtomobillar yuviladi va tozalanadi, undan so’ng JT postlariga qo’yiladi.
Avtomobildan echilgan agregat, mexanizm va detallar avval maxsus yuvish aralashmalarida
yuviladi, undan so’ng ajratish-yig’ish va ta’mirlash ishlari bajariladi. (Yuvish aralashmalari: kaustik
soda, kalsiyli soda, trinatriyfosfat, suyuq oyna va hakazolar).
Ajratish yig’ish ishlari - avtomobildan
buzilgan agregatlarni echish, ular o’rniga tuzatilgan
yoki yangisini qo’yish, hamda bu davrda ayrim detallarni ta’mirlash, joyiga keltirish kabi ishlarni
o’z ichiga oladi.
Ajratish-yig’ish ishlarining eng asosiylari: dvigatellarni, orqa va oldingi ko’prik, uzatmalar
qutisi-radiator, ilashish muftasi, osma
detallari, ressora, agregatlardagi edirilgan detallarni
almashtirish hisoblanadi. Yuqoridagi ishlarni bajarish uchun ko’tarish moslamalari, qurish
ariqchalari, agregatlarni echish va o’rnatish uchun maxsus ko’tarish aravachalari ishlatiladi.
Avtomobillar JT texnologik jarayoni ketma-ketligi:
1-JT ishlarinig hajmi va turini aniqlash uchun tekshiruv-nazorat ishlari,
2-nosoz agregatlarni avtomobillardan echish va ish hajmini aniqlash, Agarda JT yakka
tartibda
bajarilsa, u holda:
3-echilgan agregatlarni bo’laklarga ajratish,buzuqliklarni aniqlash,
4-ishlab chiqarish va yordamchi ustaxonalarda agregatlarni ta’mirlash,
5-tuzatilgan agregatlarni joyiga qo’yish va sozlash, 6-JT ishlari sifatini tekshirish .
Agarda JT agregat usulida bajarilsa, u holda:
3-avtomobildan echilgan agregatlarni agregat ustaxonasiga jo’natish,
4-agregatlar o’rniga yangisini yoki ta’mirlab qo’yilganini qo’yish,
5-o’rniga qo’yilgan agegatlarni sozlash,
6-JT sifatini tekshirish.
Agregat, birikma va mexanizmlarni bo’laklarga ajratish uchun maxsus echgichlardan
foydalaniladi, ular ish hajmini kamayishiga va sifatini oshirishga imkon yaratadi. Echgichlar
avtomobillarni turiga qarab ishlab chiqariladi va ulardan JT da keng qo’llaniladi. Ajratish - yig’ish
ishlari bajarilayotganda mehnat havfsizligiga qoidalariga ahamiyat berish lozim.
Yordamchi ustaxonalarda bajariladigan
ishlarga eyilgan, egilgan va zanglagan detallarni
payvandlash, kavshanlash, elimlash va boshqa ta’mirlash ishlari kiradi. Yuqoridagi ishlarni
kelajakda markazlashgan holda bajarish va bu bilan iqtisodiy samaradorlikka erishish ustida ilmiy
hamda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qaytarish
uchun savollar
1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish (TXK) texnologik jarayoni haqida umumiy
tushuncha va ularning tavsifi.
2. Texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish joylari.
3. Ko’rish ariqchalari va ularning turlari
4. Ko’targichlarningturlari va ularning tasnifi
87
5. Avtotransport korxonalarida ishchilar mehnatini maxsus brigadalar
usulida tashkil qilish
6. Avtotransport korxonalarida ishchilar mehnatini agregat-uchastkalar usulida tashkil qilish
7. Avtotransport korxonalarida ishchilar mehnatini kompleks brigadalar usuli da tashkil
qilish
8. Avtomobillarni JT texnologik jarayoni
9. Ajratish yig’ish ishlari texnologik jarayoni
10.TXK va JT da qo’llaniladigan jihozlar va
qurilmalar.