• Rul mexanizmi tirqishlarini sozlash: a) o’qning Reyka va vint orasidagi tirqishni sozlash
  • Tormoz tizimining asosiy nosozliklari.
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,46 Mb.
    #237153
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    "
    R
    "
    markali moy quyiladi. Rul
    tortqilarining sharnirli birikmalari 1200... 1800 km yurilgandan so’ng, navbatdagi TXK paytida US-
    2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss solidoli bilan moylanadi.
    Lyuftomer-dinamometrni rul chambaragiga o’rnatish: 1,4-
    qisqichlar; 2-ko’rsatkich; 3-shkala; 5-shtok
    Rul mexanizmi tirqishlarini sozlash: a) o’qning Reyka va vint orasidagi tirqishni sozlash:


    69
    1-rulbo’ylama siljishini sozlash: 1-pastki qopqoq; 2- karteri; 2-plunjer; 3-zichlash-tirish
    xalqasi; 4- rul mexanizmi; 3-sozlovchi qistirma; b) prujina; 5-sozlovchi tiqin; 6-
    chegaralovchi chervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash: gayka 1-sozlovchi vint; 2-
    shayba; 3-chegaralovchi gayka
    Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYa, ESPERO, MERSEDES-BENS va boshqa
    turdagi avtomobillar rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II yoki shu sinfga
    mansub transmissiya moylari quyiladi.
    Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash ularning detallarini almashtirish hisobiga
    amalga oshiriladi. Detallarning eyilgan joylari, masalan, soshka vali bo’yinlari xromlash yo’li bilan
    tiklanadi, val ohiridagi rezba yo’nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul
    mexanizmi karteridagi podshipnik o’rnatiladigan uyaning eyilgan joylari yo’niladi va polat halqa
    presslab o’rnatiladi.
    Ta’mirlash vaqtida tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarning
    eyilgan ichqo’ymalari, bo’ylama va ko’ndalang tortqi barmoqlari almashtiriladi. Egilgan rul
    tortqilari sovuq holda yoki 800°S haroratgacha qizdirib to’g’rilanadi.
    Tormoz tizimining asosiy nosozliklari.
    Bunga friksion qoplamalar va tormoz
    barabanlarining (disklarining) eyilganligi, tormoz kuchi sozlagichining noto’g’ri ishlashi,
    gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarning eyilishi va shishib ketishi, tsilindr, porshen,
    pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining eyilishi, tormoz kamerasidagi
    diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo’ladi.
    Tormoz tizimiga xizmat ko’rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK davrlarida
    bajariladi.
    1-TXK da tormoz tizimi bo’yicha barcha birikmalar va truba o’tkazgichlarning jipsligi,
    kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga
    qotirilishi, tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi.
    2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar,
    g’ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko’p konturli pnevmatik
    tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
    Qo’shimcha ravishda kundalik xizmat ko’rsatish vaqtida ballonlardagi kondensat to’kiladi,
    kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida
    bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich
    tayyorlanadi(harorat +5°S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo’yiladi).
    Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari bo’yicha bajariladigan texnik
    xizmat ko’rsatish ishlarini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish