65
agregatlarning ishlash vaqtida begona taqillashlar va shovqinlar bo’lmasligi kerak. Uzatmalarning
shesternyalari to’liq ulanishi lozim, o’z-o’zidan ajralib qolishiga yo’l qo’yilmaydi.
Uzatmalar qutisi korpusining qizishi, avtomobil to’xtatilganda qo’lni kuydirmaydigan
darajada bo’lishi kerak.
KXK va 1-TXK da nazorat qilib, eshitib, hamda haroratga qarab tekshirishdan tashqari,
qutilar korpusi kirlardan tozalanadi, mahkamlangan joylar tekshiriladi va tortib qo’yiladi, moy sathi
me’yoriga keltiriladi. 2-TXK da yuqorida qayd etilgan ishlarga qo’shimcha ravishda, qutilardagi
moylar harita bo’yicha almashtiriladi. Bu ish ko’targich yoki ko’rish ariqchalariga ega bo’lgan
maxsus ishchi postlarida bajariladi. Qutidagi moy dvigatel to’xtagan zahotiyoq, quti sovib
ulgurmasdan to’kiladi.
Agregatlardagi moy sathi shchup yordamida yoki nazorat teshigi orqali tekshiriladi. Agar moy
sathi pasaygan bo’lsa, toza moy quyib me’yoriga keltiriladi va sapun kanallari tozalab qo’yiladi.
Moy almashtirish quyidagicha bajariladi: qutidagi eski moy to’kib tashlangandan so’ng, o’rniga
1¼2 l miqdorda yuvish moyi quyiladi. Avtomobil orqa ko’prigining birorta g’ildiragi ko’tarib
qo’yiladi, dvigatel ishga tushiriladi va birinchi uzatma ulanadi. Transmissiya ishlay boshlaydi, shu
alfozda qutining ichki bo’shlig’i yuviladi va chiqindilardan tozalanadi. Bir necha daqiqadan so’ng
yuvish moyi to’kib tashlanadi, toza moy quyiladi. Moy almashtirilayotgan paytda to’kish teshigi
tiqinining magniti ham tozalanadi.
Taqsimlash qutisi boshqarish richaglarining zarur vaziyati, tortqilar uzunligini rostlash orqali
ta’minnlanadi. Shu maqsadda tortqi barmoqlari shplintlardan ozod qilinadi va ayridan ajratiladi.
Fiksatorlar aniq ishlagan vaqtda, shtoklar to’liq ulangan holatga o’rnatiladi. Richaglar uzatmalar
ulangan vaziyatga qo’yiladi va ayrini aylantirib, tortqining kerakli uzunligi o’rnatiladi. So’ng tortqi
o’z joyiga qo’yiladi, barmoq shplintlanadi va kontrgayka qotirib mahkamlanadi.