61
va gayka rezbasining shikastlanishi va boshqalardan iborat. Ular razm solish va bo’laklarga
ajratish
yo’li bilan aniqlanadi. Ko’rsatilgan nosozliklar elektrotexnik va tokarlik ustaxonalarida bartaraf
etiladi. Eng ko’p uchraydigan nosozliklar cho’tkaning eyilib ketishi va uni ushlab turuvchi
prujinaning elastikligini kamayishi hisoblanadi. Bu nosozliklar detallarni almashtirish yo’li bilan
bartaraf etiladi.
NEKSIYa, TIKO va DAMAS rusumidagi avtomobillarda 12V-1.4A turidagi o’zgaruvchan
tok generatorlari qo’llaniladi, ularga TXK ishlarini tashkil etish
MDX da ishlab chiqilgan
generatorlarnikidan unchalik farq qilmaydi.
Starterda
ishlash jarayonida mexanik nosozliklar ko’proq uchraydi. Edirilish natijasida
starter shesternyasi va maxovik qo’shilmay qoladi. Bu nosozliklar, brikmalarda salt yurish ko’payib
ketishi natijasida sodir bo’lishi ham mumkin. Undan tashqari sim chulg’amlarining uzilishi, qisqa
tutashish, yakor qo’nimidagi
bronza vtulkalarini eyilishi, klemmalarning kuyishi va oksidlanib
qolishi natijasida nosozliklar kelib chiqadi.
Neksiya va Espero avtomobillarida kontaktsiz tranzistorli o’t oldirish tizimi qo’llaniladi,
tizimdagi barcha jihozlarni tashxislash ishlari skaner yordamida bajariladi. Bunda o’t oldirish
momenti, svechalarga kelayotgan kuchlanish qiymati, xatto svechalar
orasidagi tirqishnining
me’yoridaligini tekshirish mumkin.