59
teshigining kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrining ifloslanishi,
karbyuratordagi aralashmaning boyligi, o’t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi.
Chaqmoqni kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko’k ranggacha qurum bosganligiga chaqmoq
belgilangan me’yoridan ortiq haroratlarda ishlatilayotgan-ligi(kalil soni pastligi), karbyuratordagi
aralashmaning kambag’al bo’lishi, yondirish onining ertaligi, porshen tubi va tsilindr kallagining
qurum bilan qoplanishi, dvigatel tsilindriga qo’shimcha havoning so’rilishi, chaqmoqda zichlash
halqasining yo’qligi sabab bo’ladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va
teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli kuchsiz kontaktda bo’lishi, sinishlar, uzilishlar va
qarshilikning ortib ketishi kiradi.
Eng ko’p tarqalgan o’t oldirish tizimi batareyali bo’lib, u uzgich-taqsimlagich, o’t oldirish
g’altagi, chaqmoqlar, yuqori va past kuchlanishli simlardan tashkil topgan.