• 5.2.Karbyuratorli dvigatelni tekshirish
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    4. Ish joyini jihozlari.
    Dvigatel ZMZ-53, Stefonendoskop, Vakuummetr, PE-216 asbobi, Taxometr, Kompressometr,
    Gaz hisoblagich yoki KI-4887-1 asbobi, NIIAT K-69 asbobi, 11x14, 14x17 gayka buragich kalitlari,
    Yassi shup, Otvyortka.
    5. Ishni bajarish tartibi
    Tajriba ishi ATKda o’tkaziladi.
    5.1. Dvigatelni texnik holatini ko’rish va eshitish yo’li bilan aniqlash:
    a) dvigatelni ko’zdan kechirish.
    Bunda ekspluatatsion materiallarni sizib chiqishiga ehtibor berish (moy, yonilg’i, sovutish
    suyuqligi)
    b) 
    dvigatelni engil ishga tushirish.
    Salt ishlash tartibida dvigatel typg’yn ishlashi
    v) tizimdagi moy bosimini tekshirish.
    Karbyuratorli dvigatellarda tirsakli valning aylanishlar soni 2000...2500min-1 da dvigateldagi
    bosim- 0,1 MPa dan kam bo’lmasligi, dizel dvigatellarida esa tirsakli valning aylanishlar soni 1300..
    1500 min-! da dvigateldagi bosim-0,2 MPa dan kam bo’lmasligi lozim.
    g) dvigatel ishlab to’rganda tekshirish.
    Stefonendoskop yordamida, sovuq dvigatelda porshenlarni taqillashini, qizigandan keyin esa


    172
    klapanlar va podshipniklar taqillashini eshitish. O’zak podshipniklari taq.illashi bo’g’iqroq past tonda,
    mexanizm shesternyasini taqillashi esa jarangli, o’rtacha tonda bo’ladi. Diagnostika aniqligi ko’pincha
    mexanikning malakasiga bog’liq
    d) ishlab chiqilgan gazlarni rangini tekshirish.
    Ishlab chiqilgan gazlar qoramtir rangli bo’lishi, ta’minnlash tizimini nosoz ishlaganini
    bildiradi oq rangli bo’lishi, tsilindr-porshen guruhining eyilganligini bildiradi.
    5.2.Karbyuratorli dvigatelni tekshirish
    Birinchi tsilindrdagi yondirish shami o’rniga shtutser o’rnatilib unga signalizator kiydiring.
    Yurgizish dastasini aylantirib birinchi tsilindr porshenini Yu.Ch.N o’rnating. Siqish takti ohiri ovozli
    signal tugashi bilan aniqlanadi. Uzgich taqsimlagich korpusiga taxmonli shkala, taqsimlagich valiga
    esa strelkani o’rnating. Taxmonli shkala bilan aylantirib, birinchi tsilindrdan Yu.Ch.N. ni belgilab
    shkalani strelka uchi bilan tushishini moslashtiring.
    Signalizatorni shtutserdan ajrating. Uzatmalar shtokini quyi uzatmasiga qo’shing va g’ildiraklar
    tagiga dumalashga qarshi kolodkalar qo’yib dvigatelni qo’l tormozi bilan tormozlang. Dvigatelga
    o’rnatilgan shtutserni o’lchovchi ichagiga tez uzatuvchi muftani ulang. O’lchovchi monometr
    strelkasi to’xtashi bilan, ko’rsattichlarni hisoblang.
    Klapanlarda, porshen halqalarida va blok kallagi qistirmasida zichlanishni yo’qolishini, porshenni
    siqish takti ohiridagi holatida o’lchangan, sizib chiqayotgan havoning miqdori porshen-tsilindr
    guruhini holatini harakterlaydi. Sizib chikayotgan xavo chetki ruxsat ztilgan miqdoridan ko’p bo’lgan
    holda porshen-tsilindr guruhini holatini, porshenni siqish takti boshida sizish miqdorini o’lchash yo’li
    bilan aniqlanadi.
    4.1 —rasm. Dvigatelni eshitish joylari.
    1-taqsimlash shesternyasi; 2 - klapanlar; 3-porshen barmoqlari; 4 -taqsimlash vali podshipniklari; 5-o’zak
    podshipniklari; 6- ilashish muftasi va maxovik.
    Tsilindr-porshen guruhidagi zichlanishni aniqlashda havoni sizib chiqishini 5 -rasmda ko’rsatilgani
    bo’yicha jadvaldan aniqlanadi. Foydalanishni osonlashtirish maqsadida bu jadvalda asbob paneli ham
    bor. Zichsizlashgan joylardan sizib chiqayotgan havoni aniqlashda butomlar jamlanmasidagi
    indikatordan foydalaniladi yoki eshitib kur.iladi
    Porshenni siqish takti boshiga o’rnatish uchun asbobni dvigatelga o’rnatilgan shtutseridan
    ajrating, dvigatelni tormozdan bo’shating va uzatmani ajrating. Tirsakli valni dasta bilan
    aylantirib, uzgich valiga o’rnatilgan strelkani ohirini shkaladagi belgi qarshisiga keltiring va
    dvigatelni yana tormozlang. So’ngra yana asbobni shtutserga ulang.
    Bunda tsilindrni holati porshenni siqish takti ohiridagi- U
    2
    va siqish takti boshidagi- U
    1
    sizib
    chikayotgan havopi miqdori farqi bilan harakterlanadi. Agar U
    2
    miqdoridan U
    1
    kam bo’lsa sizib
    chikayotgan havoning sababchisi tsilindrlarning eyilishidir.
    Porshenni siqish takti boshidagi holatidagi havoning sizib chiqishi bo’yicha porshen
    halqasi va klapanlarni holatini baholash mumkin. Havo sizib chiqayotgan joyni aniqroq bilish uchun
    dvigatel tsilindrlariga kuchaytirilgan bosimda havo yuboriladi. Buning uchun dvigateldan asbobni
    havo magistralini uzib qo’yiladi. Bosim vinteli yordamida havo magistralidagi bosimni 0,45 MPa ga
    o’rnating va havo magistrali ichagini uzilgan holda dvigatelni shtutseriga ulang.
    Kuchaytirilgan havo bosimi natijasida har xil zichlangan joylardan xavoni sizib chiqishi yaqqol


    173
    eshitiladi. Agar porshen halqalari yaroqsiz bo’lsa, sizib chiqayotgan havo shovqini moy quyish
    buynidan yaqqol eshitilib turadi. Agar klapanlar nosoz bo’lsa, yondirish shami o’rniga o’rnatilgan
    indikatorda havoni sizib chiqishi tebranishini kuzatish mumkin.
    Agar asbobni ko’rsatkichi bir xil bo’lmasa, yahni porshenni bir xil holatida ikki marta o’lchanganda
    har xil bo’lganda, havoni sizib chiqayotgan miqdori ko’p bo’lsa, bu dvigatelni quyidagi
    nosozliklarini ko’rsatadi:
    -klapanlarni osilib qolishi, bunda qaysi tsilindrda nosozlik bo’lsa shu tsilindrda yondirish
    shami o’rni teshigidan qattiq shovqin eshitiladi;
    -halqalarni kuyishi va sinishi, bunda moy quyish bo’yni orqali qattiq shovqin eshitiladi;
    -blok kallagi qistirmasini kuyishi, bunda blok va kallak orasida yoki radiatorni quyish
    bo’ynida hamda havodan qattiq shovqin eshitiladi;
    -qolgan tsilindrlarni texnik holatini yuqorida ko’rsatilgandek aniqlash mumkin. Bunda
    porshenni siqish takti boshida va ohirida shkala strelkasi bo’yicha tsilindrlarning ish tartibi
    o’rnatiladi.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish