221
modeli
G’ildiraklarni yuvish jixozi
KART Wulkan
200
G’ildiraklarni yuvish jixozi
KART Wulkan
300
Agregat va detallarni yuvish
jixozi
L160
Katta agregatlarni yuvish
jihozi
L210
Agregat va detallarni yuvish
jixozi
L190
Detallarni yuvish jixozi
L35F
Detallarni yuvish jixozi
L331V
G’ildiraklarni yuvish jixozi Drester 550W
2-Tajriba ishi.
Mavzu: Dvigatellarning yonilg’i ta’minlash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlashdi ishlatiladigan jixozlar.
I.Ishdan maqsad.
Yonilg’i bilan ta’minlash tizimidagi asboblarni diagnostikalash va ularni ta’mirlashda
ishlatiladigan jixozlarni o’zlashtirish.
II.Ishning mazmuni.
Tajriba ishi kafedraning laboratoriya bazasida yoki ilg’or avtoservis korxonalarining birida
o’tkaziladi. Bunda talabalar yonilg’i tahminlash tizimi zichlikligini nazorat qilish, tizimning
nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda karbyuratorli va injektorli tahminlash
tizimiga xizmat ko’rsatish ishlari va tahmirlashda ishlatiladigan jihozlar bilan tanishadilar.
III.Jihozlar va asboblar:
1.Neksiya va VAZ turidagi avtomobillar
2. Injektorlar tizimini tozalash majmuasi
2.Karbyuratorchi-chilangarning asboblar majmuasi.
3.Jiklyorlarning o’tkazish qobilyatini aniqlaydigan NIIAT-285 asbobi.
IV.Ishni bajarish tartibi:
1. Tahminot tizimi agregatlarini tashqi nazorat qilish.
2. Karbyuratordagi jiklyor va purkagichlarning o’tkazuvchanlik qobilyatini tekshirish.
3. Yonilg’i nasosining holatini tekshirish.
4. Injektorlarning zichlikligini tekshirish.
5. Dvigatel tirsakli valining erkin tekis aylanishlar sonini tekshirish va mehyoriga keltirish.