• 2. Ishlatiladigan jihozlar
  • 3. Ishni bajarish tartibi Tajriba ATK o’tkaziladi
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    1.Umumiy mahlumot:
    Avtomobillarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan dvigatelning yonilg’i bilan
    tahminlanish tizimidagi mexanizm va uzellarning texnik holatiga bog’liqdir. Tahminot tizimiga
    diagnoz qo’yish ko’rsatkichlari dvigatelning og’ir o’t olishi, yonilg’i sarfini oshishi, dvigatel
    quvvatining pasayishi va qizib ketishidan iborat.
    Karbyuratorli dvigatellar tahminot tizimiga diagnoz qo’yish diagnostika jihozlari
    yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalari holati
    ular yechilgandan so’ng aniqlanadi.
    2. Ishlatiladigan jihozlar
    Karbyurator va yonilg’i nasosi elementlarini tekshiradigan MKBV-2 jihoz va
    jiklyorlarning o’tkazuvchanligi tekshiradigan NIIAT-285 asbobi, karbyuratorni tahmirlovchi
    chilangarning asboblar majmuasi, karbyuratorni tekshiradigan asbob (model 355), yonilg’i
    nasosi va karbyuratorni tekshiradi gan asbob (577A model), yonilg’i nasosi diafragmasini
    prujinasining egiluvchanligini tekshiradigan asbob (357 A model).
    3. Ishni bajarish tartibi
    Tajriba ATK o’tkaziladi


    222
    Karbyuratordagi jiklyor va purkagichlarning o’tkazuvchanlik qobilyati 2.1-rasmda
    ko’rsatilgan NIIAT-285 jixoz yordamida, yahni suvning harorati 19-21
    0
    S, bosim 1 metrli
    suv ustuni balanligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o’tgan suvning
    miqdorini o’lchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bo’lishi uchun sinov 3-4 marotaba
    takrorlanadi.
    2.1-rasm. Jiklyorlarning o’tkazazish
    qobilyatini aniqlaydigan NIIAT-285
    asbobining shartli tasviri:
    1,10-pastki va yuqorigi bochkalar; 2,18-
    kranlar; 3-jiklyorlar o’rnatiladigan uya; 4-
    termometr; 5-mezurka; 6-qo’zg’aluvchan
    shtanga; 7, 8, 12, 13-naychalar; 9-suv
    o’lchaydigan shisha; 11-po’kakli kamera;
    14-tekshiriladigan klapan o’rnatiladigan uya;
    15-shkala; 16-dasta; 17-moslashtirgich; 19-
    to’kish vannasi.
    Harorati 20
    0
    S bo’lgan suv siqilgan havo bosimi tahsirida naycha (7) orqali pastki
    bakchadan(1), po’kakli kameraga (11) tutashtirilgan yuqori bakchaga (10) oqib o’tadi.
    Po’kakli kameradan suv naycha (12) orqali o’tib, moslagichga (17) va 1 metrli naychaga (8)
    kirib keladi. Jiklyor tekshirish uchun krandan (18) keyin, uyaga (3) o’rnatiladi, nazorat qilish
    uchun esa qo’zg’aluvchan shtangadan (6) foydalaniladi.
    Kranlar (2 va18) ochiladi. Jiklyordan oqib chiqayotgan suv oqimi ostiga
    menzurka (5) qo’yiladi va sekundomer yordamida jiklyorning o’tkazish qobilyati, yahni bir
    daqiqa ichida menzurkaga oqib tushgan suv miqdori aniqlanadi.
    Ushbu asbob po’kakli kameradagi berkituvchi ignasimon klapanning ham zichligini
    tekshirishga imkon beradi. Buning uchun klapan uyaga (14) o’rnatiladi. Agar 30 soniya ichida
    suv satxining shkala (15) bo’ylab pasayishi 40 mm dan oshmasa, klapanning germetikligi
    qoniqarli deb xisoblanadi.
    Sinash natijalariga ko’ra
    tahminot tizimining kerakli qismlari bo’laklarga ajratilib, alohida diagnostikalash ishlari
    bajariladi.
    Yonilg’i nasosi avtomobilning o’zida yoki yechib olinib tekshirilishi mumkin. Yonilg’i
    nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karbyurator orasiga monometrli moslama o’rnatilib,
    dvigatel ishlayotgan holatda hosil bo’lgan bosim aniqlanadi. Yonilg’i nasosi hosil qiladigan
    bosim 0,02-0,030 MPa, ishlab chiqarish qobilyati 0,7-2 l/minut va 30 sekund mobaynida
    bosimning pasayishi 0,008-0,010 MPa ni tashkil qilishi kerak.
    Zamonaviy elektron boshqarish blokiga ega bo’lgan injektorli avtomobil dvigatellarining
    yonilg’i taeminot tizimiga texnik xizmat ko’rsatishda, asosan yonilg’i nasosining ishlab
    qobilyati va injektorlarning zichligi tekshiriladi.
    2.2 va 2.3-rasmlarda injektorli yonilg’i tahminot tizimiga xizmat ko’rsatishda
    ishlatiladigan maxsus jihozlarning shakllari keltirilgan.


    223
    2.2-rasm. Yonilg’i tahminot tizmini
    tekshirish va yuvish jihozi
    2.3-rasm. Injektorlar tizimini
    tazalash majmuasi
    Hisobot
    I.Ishdan maqsad:
    II.Ishning mazmuni.
    III.Jihozlar va asboblar:
    IV. Dvigatelning tahminlash tizimini diagnostikalash va unga texnik xizmat ko’rsatish:
    a) Karbyuratorli dvigatel
    -karbyuratorli dvigatel tahminlash tizimi nosozliklari:
    -tizimni tashqi nazorat qilish natijalari:
    -tizimga avtomobilda TXK tartibi:
    b) Injektorli dvigatel
    -injektorli dvigatel tahminlash tizimi nosozliklari:
    -tizimni tashqi nazorat qilish natijalari:
    -tizimga avtomobilda TXK tartibi:
    V. Injektorli tahminot tizimini tekshirish natijalari

    Ko’rsatkichlar
    Me’yoriy
    qiymat
    Sozlashdan
    avval
    Sozlashdan
    so’ng
    Injektorning zichlikligini aniqlash natijasi
    (zichlik bo’lsa-ha, bo’lmasa-yo’q):
    1-injektor
    2-injektor
    3-injektor
    1
    4-injektor
    2 Erkin yurish aylanishlar sonini sozlash
    Yonilg’i nasosi hosil qiluvchi bosim, ______MPa

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish