Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi




Download 80,24 Kb.
bet1/17
Sana20.01.2024
Hajmi80,24 Kb.
#141847
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi-www.fayllar.org


Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi
  1. Kirish….........................................................................................................3


  2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi........................................................


  3. Tayyor mahsulot tavsifi...............................................................................


  4. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari......................................................


  5. Texnologik sxema bayoni...............................................................................


  6. Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi




    1. Moddiy va issiqlik hisobi.........................................................................


    2. Asosiy jixozning hisobi............................................................................
  7. Mexanik hisob...............................................................................................


  8. Gidravlik hisob............................................................................................


  9. Asosiy jixozning bayoni..............................................................................


  10. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish..............................................


  11. Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish...........................................


  12. Xulosa.. ..........................................................................................................


  13. Adabiyotlar.....................................................................................................





1.Kirish
So‘nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizasiya qilish, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikasiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalda ro‘yobga chiqarish, eng avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqning investisiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish va tarmoq diversifikasiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish hajmlarini kengaytirish maqsadida 2019 — 2030 yillarda “KIMYO sanoatini yanada isloh qilish va uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli qarori imzolandi.
Bunda asoasn, azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan ushbu mahsulotlarni «Navoiyazot» AJ, «Samarqandkimyo» AJ, «Farg‘onaazot» AJ, «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJ, «Ammofos-Maksam» AJ, «Dehqonobod kaliy zavodi» MCHJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizasiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish ko‘zda tutilgan. «Farg‘onaazot» AJ ustav kapitalidagi 48,05 foiz davlat aksiyalari va «O‘zkimyosanoat» AJning 2,95 foiz aksiyalarini investor tomonidan ammiak ishlab chiqarish quvvatini yiliga 660 ming tonnaga, karbamidni — 600 ming tonnaga, ammiakli selitrani — 700 ming tonnaga va azot kislotasini — 530 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan — tanlov savdolarida bozor qiymatida sotishga ruxsat berildi.
Mustakil O‘zbekiston Respublikamiz xalq xo‘jaligini ayniqsa, uning qishlok xo‘jaligini rivojlanishida kimyo sanoati shu vaqtga qadar yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmokda.
Respublikamiz kimyo sanotida noorganik moddalar - mineral o‘g‘itlar, tuzlar, kislotalar, bog‘langan azot birikmalari va sulfat kislotasi ishlab chikarish shu davrgacha salmokli urinlarni egallab keldi va kelajakda ham shunday bo‘lib qolishiga shak - shubxa yukdir, chunki kishlok xujaligini uning asosiy ozukasi mineral ugitlarsiz, kimyo sanoatining rivojini esa butun dunyoda bulgani kabi, Sulfat kislota rivojisiz va bog‘langan azot birikmalarisiz tasavvur etib bulmaydi.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkinki, xozirgi vaktda kishi boshiga tugri keladigan ishlab chikarilayotgan Sulfat kislota mikdori bo‘yicha bizning Respublikamiz nafakat MDX davlatlari orasida, balki dunyo bo‘yicha bir necha yillardan beri yetakchi urinlardan birini egallab turibdi va bundan buyon ham shunday bo‘lib kolishi uchun Respublikamizda Sulfat kislotasining kiska usuli bilan ishlab chikarish sanoati rivojiga alohida ahamiyat berilmokda.
Mutaxasislarni xisoblashlariga qaraganda xozir mavjud ekinzorlardan olish mumkin bo‘lgan xosilni 17 foizigina olinmoqda. Xosildorlikni oshirish uchun bir tomondan agrotexnik qoidalariga amal qilinsa, ikkinchi tomondan kimyo yutuqlarini qo‘llash natijasida erishish mumkin. Masalan, 1900 – 1960 yillar orasida agrotexnik va mexanizasiya usullarini qo‘llash natijasida qishloq xo‘jalik unumdorligi 60 foizga oshgan bo‘lsa, 1960 – 1980 yillar orasida qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish natijasida mexnat unumdorligi 11 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.


Download 80,24 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 80,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi

Download 80,24 Kb.