• 8. Gidravlik hisob
  • 9.Asosiy jihoz bayoni
  • Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi




    Download 80,24 Kb.
    bet14/17
    Sana20.01.2024
    Hajmi80,24 Kb.
    #141847
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi-www.fayllar.org

    7. Mexanik hisob
    1 Apparat devori qalinligi quyidagi formuladan topiladi:

    bu yerda: D-apparat ichki diametri, m


    R-ishchi bosim, MP
    đ›Ÿđ‘đ‘Šđ‘„ - ruxsat etilgan yuklama, mn/m2
    Sk- karroziya koeffisenti
    𝜑 - Payvand chrklar koyefisiyenti

    2.Konussimon tub qalinligi quyidagi formuladan topiladi:

    bu yerda, φ ≀ 70° konusning yarim burchagi.
    G OST bo‘yicha ή =10mm deb qabul qilamiz.


    8. Gidravlik hisob
    Eritmani bug‘latishdagi yo‘qotilgan bosim quyidagi formuladan topiladi:

    𝜆 -ishqalanish koeffisenti


    l-truba uzunligi: m
    d-truba diametri: m
    𝜌-eritma zichligi: kg/m3
    w- eritma tezligi; m/s
    Ishqalanish koeffisentini topish uchun eritmani xarakat rejimi Re topamiz:

    . ∙
    0,303


    𝜆 = (𝑙𝑔𝑅𝑒 − 0.9)2
    0,303

    ∑ 𝜉 = 𝜉𝑘 + 𝜉2 = 0.5 + 1.0 = 1.5





    9.Asosiy jihoz bayoni
    Bug‘latish jarayoni deb - uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarining uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan qo‘yiqlashtirishga aytiladi. Bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikni yuzasida ro‘y bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi. Bug‘latish jarayoni kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni ko‘tarilishi va erigvn holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasidan foydalaniladi. Sanoatda bug‘latish jarayoni bir va ko‘p korpusli qurilmadalarda amalga oshiriladi. Asosan ko‘p korpusli, ya’ni bir nechta qurilmalardan tashkil topgan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘p korpusli qurilmalarning faqat birinchi qurilmasiga isituvchi bug‘ beriladi. Keyingi qurilmalarni isitish uchun oldingi qurilmalardan chiqqan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada isituvchi bug‘ning sarfi kamayadi. Ishlash rejimiga ko‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo‘ladi. Kichik masshtabli ishlab chiqarishda va ayrim vaqtda eritmalarni yuqori konsentrasiyalashda bug‘latishda davriy ishlaydigan buhlatish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy bug‘latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ba’zan bitta qurilmaning isitish yuzasi 2500 m2dan ortib ketadi.
    Ko‘piklanuvchi va issiqlikka chidamsiz erimalar uchun plyonkali bug‘latish
    qurilmalari ishlatiladi. Bunday qurilmalarda eritma isitish trubalarining yuzasi bo‘ylab suyuqliklar plyonka xolida harakat qiladi. Plyonkali bug‘latish qurilmalari isitish trubalarida harakatlanayotgan eritmaning yo‘nalishiga qarab ikki xil (ko‘tariluvchi va pastga yo‘naluvchi plyonkali) bo‘ladi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmasining isitish kamerasi truba turiga o‘rnatilgan, uzunligi 7-9 metrli trubalar to‘plamidan va ajratuvchi seperatordan iborat bo‘ladi.
    Bug‘latilayotgan eritma to‘xtovsiz isitish kamerasini pastki qismidan berilib, trubalarning ÂŒ....1/5 qismini to‘ldiradi. Isituvchi bug‘ trubalar orasidagi bo‘liqqa beriladi. Bug‘ ta’sirida eritma qaynaganda trubalarning qolgan qismlari bug‘ suyuqlik aralashmasi bilan to‘ladi.
    Bu aralashma isitish trubalarining devori atrofida suyuqlik plyonkasiga va
    uning markazida bug‘ga aylangan bo‘ladi. Suyuqlik plyonkasi bug‘ oqimiga ishqalanishi sababli yuqoriga qarab trubalarning ichki yuzasi bo‘ylab katta tezlikda harakat qiladi va bug‘lanadi. Isitish trublarining yuqori qismida bug‘ning miqdori ko‘payib boradi.
    Va natijada eritmaning konsentrasiyasi ham oshib boradi.
    Isitish qurilmalaridan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ga aralashgan suyuqlik tomchilari seperatordagi to‘siqqa urilib, pastdagi isitish trubalariga tushadi. Namlangan bug‘ tomchi ushlagichga yo‘nalishida kirib aylanma harakat qiladi. Tomchi ushlagichda ikkilamchi bug‘ tarkibida qolgan suv tomchilari markazdan qochma kuch ta’sirida devorga urilib, pastga tushadi, ikkilamchi bug‘ esa qurilmaning yuqori qismidan chiqib ketadi.
    Qo‘yiltirilgan eritma seperatorni pastki qismida o‘rnatilgan shtuser orqali olinadi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmalarining umumiy balandligini kamaytirish maqsadida isitish kamerasi bilan seperator alohida tayyorlanib, yonma-yon o‘rnatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Qo‘yiltirilgan eritmalar va bug‘latish natijasida hosil bo‘lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash va saqlash, boshqa joylarga jo‘natish mumkin.
    Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Bunday bug‘ birlami bug‘ deb yuritiladi. Bug‘latish jarayonida ajralayotgan erituvchi bug‘i esa ikkilamchi bug‘ deyiladi.



    Download 80,24 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 80,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi

    Download 80,24 Kb.