Ikkinchi bosqich distillyasiya bo‘limining moddiy balansi
Ikkinchi bosqich distillyasiyada qolgan ammoniy karbomat to‘liq parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqayotgan ammiak va uglerod (IV) - oksidi ikkinchi bosqich kondensatoriga beriladi.
Hosil bo‘lgan mochevina eritmasi seperatorda drosellanadi va vakuum – bug‘latgichga beriladi.
Dastlabki ma’lumotlar:
Mochevinani yo‘qotilishi,%. . . . . . . ……………. . . . . . . . .. . . . . ....... . . . 5
Ikkinchi bosqich distillyasiya kalonnasidan chiqayotgan gaz fazasi tarkibidagi suv bug‘i, %. .. . ................................................................................................ 30
Ikkinchi bosqich distillyasiya bo‘limiga kelayotgan suyuqlanmaning tarkibi birinchi bosqich distillyasiya bo‘limining moddiy balansidan olinadi.
Ammoniy karbomatning parchalanishi, ammiakni haydalishi va suyuqlanma tarkibidagi uglerod (IV) – oksidilari hisoblash ishlari uchun to‘liq olinadi.
Distillyasiya jarayonida ajratib olingan (parchalanib) mochevinani miqdori, tayyor mahsulot massasining 5% ga teng, kg/soat:
33330 · 0,05 = 1666,5 kg/soat
Quyidagi reaksiya bo‘yicha mochevinadan ammoniy karbomatning hosil bo‘lishi, kg/soat:
CO (NH2)2 + N2O= NH2COONH4
Ammoniy karbomat hosil bo‘ladi.
1666,5· 78/60 = 2166,5 kg/soat
Mochevinadan ammoniy karbomatning hosil bo‘lishida sarflangan suvning miqdori, kg/soat:
1666,5 ·18/60 = 500 kg/soat
Kolonnada parchalanayotgan ammoniy karbomatning umumiy miqdori, kg/soat:
2496 + 2166,5 = 4662,5 kg/soat
Quyidagi reaksiya bo‘yicha ammoniy karbomatning ammiak va uglerod (IV) – oksidilariga parchalanish (ajralish) miqdori, kg/soat:
NH2COONH4 CO2 + 2NH3
Ammoniykarbomatning parchalanishi natijasida ammiakning miqdori, kg/soat:
4662,5 ·2 ·17/78 = 2032 kg/soat NH3
|
ajralib
|
chiqayotgan
|
Ammoniy karbomatning parchalanishi
|
natijasida
|
ajralib
|
chiqayotgan uglerod (IV) - oksidining miqdori, kg/soat:
4662,5 · 44/78 = 2630 kg/soat CO2
bu yerda, 17 va 44 – ammiak va uglerod (IV) – oksidining molekulyar massalari.
Kolonnadan haydalayotgan ammiakning umumiy miqdori, kg/soat:
3109 + 2032 = 5920 kg/soat
Kolonnadan haydalayotgan ammiak va uglerod (IV) – oksidilarining
umumiy hajmi, m3 /soat:
vNN3 = 5920 · 22,4 (273+110) ·101325/(17 ·273 ·3 ·105 )= 3696
vСO2 = 2032 · 22,4 (273+110) ·101325/(44 ·273 ·3 ·105 ) =634
bu yerda, 22,4 – 1kmol gazning n.sh. dagi hajmi, m3; (273+110) haydalayotgan gazlarning o‘rtacha haroratioK; 3·105 – kalonnadagi bosim, n/m2.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, suv bug‘lari quruq gazlarni hajmiga nisbatan 30% ni tashkil qilishinihisobga olgan holda, quyidagini hosil qilamiz, m3/soat:
vn2o = (3696 + 634) · 0,3 = 1209 m3/soat
yoki normal sharoitda quyidagicha, nm3/soat:
1209 · 273 · 3 · 105/(273+110) · 101325 = 2552 nm3/soat
Bu esa quyidagiga teng bo‘ladi, kg/soat:
2552· 18/22,4 = 2051 kg/soat
Ikkinchi bosqich distillyasion kalonnasidan haydalayotgan ammiak va uglerod (IV) – oksidlarining umumiy miqdori, kg/soat:
3109 + 2032 + 2630 = 7771 kg/soat
Mochevina eritmasi tarkibidagi qolgan suvning miqdori, kg/soat:
17331- (2051 + 500) = 14780 kg/soat
Distillyasion kalonnasidan chiqayotgan mochevinaning miqdori, kg/soat:
35662– 1666.5 = 33996 kg/soat
Ikkinchi bosqich distillyasion kalonnasidan chiqayotgan mochevina eritmasining miqdori, kg/soat:
33996 + 14780 = 50344 kg/soat
Mochevina eritmasining konsentrasiyasi,%:
33996 · 100/48776= 70
|