Tuproqda karbamid namlik ta’sirida ammoniy karbonatga aylanadi va nordon (kislotali) tuproqni neytrallaydi. So‘ngra mikroorganizmlar ta’sirida ammoniy ioni nitratlashadi va tuproqni nordonlashtiradi.
Karbamid tarkibidagi o‘simlikka taksik ta’sir etadigan modda biuret xisoblanadi. Ayniqsa uning suvli eritmasini o‘simlikka sepilganda uning tarkibida 0,25% dan ortiq, miqdordagi biuret bo‘lsa, o‘simlik barglari «kuyadi». Tuproqqa to‘g‘ridan —to‘g‘ri byerilganda esa u zararsizdir.
Karbamid protein qo‘shimchasi sifatida uglevodlari ko‘p
va oqsil miqdori kam
bo‘lgan chorva yemlariga ham qo‘shiladi. U ozuqa yemda 25-30% gacha oqsil o‘rnini bosa oladi. Sanoatda sun’iy smola, plastmassalar, kley, lak,
farmasevtik preparatlar, gerbisidlar tayyorlash va chorvachilikda ozuqalarga qo‘shish uchun belgilangan standart bo‘yicha A markali yuqori va birinchi kategoriyali donador va kristall shaklidagi karbamid ishlab chiqariladi. Mahsulot sifatidagi karbamid tarkibida belgilangan kategoriyaga mos holda: 46,3% va 46,2% N. 0,6% va 0,9% dan kam miqdorda biuret, 0,2% va 0,3% suv bo‘ladi.
Chorvachilik ozuqalari tayyorlashda ishlatiladigan karbamid tarkibida esa 3% gacha biuret bo‘lishi belgilangan talab darajasiga javob bera oladi.
O‘g‘it sifatida ishlatiladigan karbamid esa B markada ishlab chiqariladi. Uning tarkibida 46,0% N 0,9% atrofida biuret va 0,25% gacha namlik bo‘ladi. O‘g‘itning donadorligi esa: 1-4 mm li donachalar 94%
dan kam emas, 1 mm li donachalar 5% dan ortiq emas. Uni 6 oygacha qopsiz saqlanganda ham yopishib qolmaydi. B markali karbamid donador holda ishlab chiqariladi, tarkibida 46,0 % azot, 0,9 %
gacha biuret, 0,25% namlik bor. Donalarning o‘lchami: 1-4 mm 94%, 1 mm gacha bo‘lganlari 5% , saqlanish muddati 6 oy.