|
Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi
|
bet | 5/17 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 80,24 Kb. | | #141847 |
Bog'liq Texnologik ishlab chiqarishdagi asosiy jixoz hisobi-www.fayllar.org5. Texnologik sxema bayoni
Stripping jarayon bo‘yicha karbamid ishlab chiqarish texnologiyasining tasviri quyidagi qismlardan iborat.
Ammiak kompressori,
SO2 kompressiyasi ,
Sintez bo‘limi,
Resirkulyasiya,
Bug‘latish,
Donadorlash bo‘limi,
7. Absorbsiya, desorbsiya va gidroliz, - tayyor mahsulot ombori, - maxsus aylanma suv sikli.
Gaz xolida uglerod (VI) - oksidi taxminan quritilgan va xar xil mexanik zarralardan, vodorod sulfid va oltingurgut tutgan birikmalardan daьal va mayin filtrlarda tozalanib, to‘rt bosqichli kompressor (1) da 20 mPa bosimgacha siqiladi va 95 - 1000S xaroratda aralashtirgich (6) ga beriladi. Aralashtirgich (6) ga 20 mPa bosimda plunjerli nasos (3) orqali so‘rib olingan 900S xaroratdagi suyuq ammiak xam beriladi. Plunjerli nasos (7) orqali esa 950S xaroratli ugleammoniyli tuzlar beriladi, u siklga NH3 va CO2 xolatida qaytariladi. Natijada komponentlarni aralashtirgichda 1750S xaroratda aralashtirganda ammoniy karbomat xosil bo‘la boshlaydi. So‘ngra reaksiya aralashmasi NH3 : CO2 : H2O = 4,3 : 1 : (0,5 - 0,8) nisbatda sintez kollonasi (5) ga beriladi, bu yerda 185 0S va 20 MPa bosim ostida ammoniy karbomatga aylanishi tugallanadi va karbamidga parchalanadi.
Sintez kollonasida xosil bo‘lgan eritma, tarkibi 30 - 31% karbamid, 21 - 22% ammoniy karbomat, 33 - 34% ortiqcha ammiak va 16 - 17% suv, ikki bosqichli distilliyatorga beriladi. Distilliyasiya qurilmasining xar bir bosqichi uchta apparatdan: rektifikasion kollona, isitkich va Seperatordan iborat. Sintez kollansi (5) dan chiqayotgan karbamid eritmasi 20 mPa dan 1,8 - 2,0 mPa gacha drosellanadi va birinchi bosqich distilliyasiya qurilma-sidagi ryektifikasion kollonasi (9) ning yuqori qismiga beriladi. Bu yerda ortiqcha ammiakni 120 - 1250S xaroratda gaz fazaga o‘tkaziladi. So‘ngra eritma ammoniy karbamatga parchalanishi uchun issiqlik almashinish apparati (10) da 158 - 1620S xaroratgacha isitiladi va xosil bo‘lgan bug‘ suyuq xolidagi aralashma seperator (11) da ajratiladi. Gaz faza rektifikasion kollonasi (9) ning pastki qismidagi barbotaj qatlamiga keladi, suyuq faza esa 0,25 - 0,4 mPa gacha drosellanadi va ikkinchi bosqich distilliyasiyaga beriladi.
Rektifikasion kalonna (9) dan gaz faza aralashmalari (uning tarkibi 75 – 76% ammiak, 21 - 22% uglerod (VI) - oksidi va 3% gacha suv) yuvuvchi kalonna (8) ni pastki qismiga beriladi, u yerda bug‘li isitkichda aralashma xarorati 92 - 960S gacha ushlab turiladi. Shu yerga ikkinchi bosqich disitlyasiyadan ugleammoniyli tuzlar eritmasi xam beriladi. Bu yerda uglerod (VI) - oksidini asosiy qismi yutiladi va suv bug‘i tarkibi 38 - 45% ammiak, 30 - 37% uglerod (VI) - oksidi, 22 - 27% suv bo‘lgan eritma ko‘rinishigacha kondensatlanadi. Bu eritma plunjerli nasos (7) da 20 mPa bosimgacha siqiladi va aralashtirgich (6) ga qaytariladi. Gaz xolidagi ammiak 45 - 50 0S xaroratda yuvuvchi kalonnasi (8) ning yuqori nasadkali qismida to‘liq uglerod (VI) - oksididan ajratiladi, konsentrlangan ammiakli suv (93 - 96% ammiak) bilan boyitiladi va kondensator (4) ga beriladi; u yerda ammiak siqiladi va tank (2) orqali siklga qaytariladi. Kondensatlanmagan gazlar (asosan vodorod, azot, kislorod) absorbsiya jarayonida yutilmay qolgan ammiakdan yuviladi va atmosfera bosimigacha drosellanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi bosqich distilliyasiyaga kelayotgan eritma tarkibida 55 - 61% karbamid, 4 - 5% ammoniy karbomat, 6 - 7% ammiak va 28 - 35% suvdan iborat. Ikkinchi bosqich distilliyasiya xam birinchi bosqich distilliyasiya kabi boradi. Avval eritma rektifikasion kalonna (12) ga beriladi. Rektifikasion kalonnasida bug‘langan ammiak, ammoniy karbomat xisobiga 1100 S xaroratgacha sovutiladi. So‘ngra isitgich (13) orqali 140 - 1420 S xaroratgacha isitiladi va seperator (14) ga beriladi, u yerda gaz va suyuq fazalarga ajratiladi. Ikkinchi bosqich distilliyasiyada ammoniy karbomatning parchalanishi xisobiga, ammiak va uglerod (IV) - oksidini berilishi to‘xtatiladi.
Tarkibida 70 - 72% karbamid bo‘lgan eritma seperatorda (14) da dro-sellanadi va vakuum-isitkich (15) ga beriladi. Bu yerda qolgan 40 kPa bo-sim ostida konsentrasiyasi 74 - 76% gacha oshiriladi va 900 S xaroratgacha sovutiladi. So‘ngra eritma Yig‘gich (16) dan yog‘ ajratkich (17) ga beriladi va tayyor maxsulot ishlab chiqarishga jo‘natiladi.
Rektifikasion kalonna (12) dan gaz fazasi (tarkibi 55 - 56 % NH3, 24 - 25% CO2 va 20 - 21 % N2O) kondensator (12) ga beriladi. Bu yerda xosil bo‘lgan 400S xaroratdagi ugleammoniyli tuzlar (33 - 50% NH3, 10 -16% CO2, 35 - 55% H2O) rezervuar (22) dan nasos (23) orqali yuvuvchi kalonna (8) ga beriladi. Kondensator (21) dan chiqayotgan gaz faza (NH3, CO2 va boshqa gazlar) absorber (24) ga beriladi. Bu yerda (NH3 va CO2 ) gazlar ugleammoniy tuzlar eritmasiga yuttiriladi va sovutkich (27) dan o‘tadi. Absorberdan chiqayotgan inert gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorber (24) da xosil bo‘lgan ugleammoniy tuzlari isitkich (28) da 90 - 95 0S xaroratgacha isitiladi va desorber (26) ga beriladi. Bu yerda 0,3 - 0,4 mPa bosimda va 135 - 1450S xaroratda o‘tkir bug‘ yordamida NH3, CO2 va H2O ga to‘liq parchalanadi. Gaz xolidagi NH3 va CO2 suv bug‘i bilan birga ikkinchi bosqich kondensator (2) ga beriladi. Qolgan suv kanalizasiyadan chiqarib yuboriladi.
Hosil bo‘lgan suyuqlanma nasos orqali donadorlash minorasi yuqori qismida joylashgan yig‘ichga beriladi, nasosga berishdan oldin KFS qo‘shi-ladi. Yig‘gichdan filtrga tushadi va toza xolidagi eritma donadorlash mi-norasiga beriladi. So‘ngra akustik tebranuvchan granulyator yordamida sochib beriladi. Pastdan xavo yuboriladi. Xavo yordamida karbamid donador xolatiga o‘tadi. Xosil bo‘lgan donalar sovutish uchun minoraning pastida joylashgan mavxum qaynash qatlamli qurilmasiga beriladi va 40 - 500S xaroratgacha sovutilgan donalar omborga va undan is’temolchilarga yuboriladi.
|
| |