227
Ko’rish jihozlari turlari va nomi
Ish joyining joylanishi
Avtomobilning joylanishi
Ko’rish chuqurlari,
ko’targichlar
Pol sathida va undan past pol
sathida va undan yuqori
Pol sathida yoki balandda
Estakadalar
Pol sathida va undan past pol
sathida va undan yuqori
Pol sathida yoki balandda
Ag’dargichlar
(yonboshlatgichlar)
Pol sathida
Pol sathida
Avtomobillarni ko’tarish-qarash jihozlari va qurilmalari
Ko’tarish, qarshi va tashish jihozlari JT va TXKda ishlatilib, ular avtomobillarga har
tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) TXK va T ga imkon yaratadi va ish unumini oshiradi.
Avtomobillarga TXK ishlarining 40-50 % tagidan, 10-20 % yonidan va 40-45 % ust tarafidan
bajariladi.
Ko’tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay balki, uning sifatini
oshirishga ham imkon yaratadi. Ko’tarish-qarash jihozlariga ko’rish ariqchalari, estakadalar va
ko’targichlar kiradi.
Ko’rish ariqchalarining tuzilishi avtomobillarning turiga bog’liq bo’lib, uzunligi avtomobil
uzunligidan 0,5-0,8 m uzun, chuqurligi esa yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5 m, yuk avtomobillar
va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m bo’ladi
. Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil
avtomobillar uchun 0.8 m bo’ladi. Ko’rish ariqchalariga past kuchlanishli yoritgichlar (42 V)
o’rnatiladi, ular har 1 metr uzunlikka 200 m
3
/soat hajmidagi, harorati 16-25°S, tezligi 2-2,5 m/s
bo’lgan 45
° burchak ostidagi yo’nalishda havo oqimi bilan shamollatib turiladi. CHiqindi gazlarni
chiqarish uchun maxsus quvurlar o’rnatiladi. TXvaT jarayonida avtomobil dvigatellarini ishlatish
zaruriyati tug’ilsa, bu quvurlar avtomobil glushiteliga ulab qo’yiladi.