224
3. Tormoz mexanizmlarini tez ishga tushish vaqtini maxsus jihozlar yordamida aniqlash.
V. Umumiy mahlumotlar:
Ko’pgina yo’l-transport hodisalari tormoz tizimining nosozligi tufayli sodir bo’ladi.
SHuning uchun tizimdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish alohida o’rin tutishi kerak.
Hozirgi vaqtda avtomobillarda asosan gidravlik va pnevmatik tormoz tizimlari qo’llaniladi.
Tormoz tizimining ishonchliligini jihozlar yordamida va yo’l sinovlarida tekshiriladi.
Agar tekshirish jarayonida tormoz tizimi o’ziga qo’yilgan talabga
javob bermasa, uning
nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish talab etiladi.
Avtomobillarning harakatlanish davrida tormoz tizimini tekshirishda
deselerometr
(sekinlashishni aniqlovchi asbob) yordamida yoki oddiy nazorat yo’li bilan bajariladi. Bu usul juda
noaniq bo’lib, hozirgi vaqtda tormoz tizimini jihozlar yordamida tekshirish keng tarqalgan.
Bu jihozlar rolikli bo’lib ular kuchlar orqali ishlovchi va inertsiyali turlarga bo’linadi. Bunda
asosan tormoz yo’li, sekinlashish, ishga tushish vaqti va bir o’qdagi tormoz
kuchining farqi
aniqlanadi. Bu jihozlar 2 ta barabandan, bitta yoki 2 ta bir juft barabandan tuzilgan bo’lib, ulardan
biri yuklovchi qurilmaga ulangan bo’ladi. Hozirgi vaqtda yuklovchi qurilmaning
gidravlik va
induktsion tormozli turlari keng tarqalgan.
Ular bir-biri bilan zanjirli uzatma yordamida biriktirilgan 2 ta bir juftli barabanlardan iborat.
O’chirilganda elektromagnit muftalari orqali mustaqil dinamik tizimni tashkil qiluvchi barabanlarga
aylanma harakat 55-90 kVt quvvatga ega bo’lgan elektrodvigateldan reduktor yordamida yetkazib
beriladi.
3.1-rasm. Rolikli STM-8000 rusumli stendda avtomobil tormozini diagnostikalash shakllari
Ularning tuzilishi inerttsiyali jihozga (3.2-rasm) o’xshash bo’lib faqatgina har bir juft rolik
alohida reduktor orqali 4-13 kVt quvvatga ega bo’lgan elektrodvigatel bilan harakatga keldtiriladi.
Jihoz yordamida diagnostikalashda avtomobilning old va orqa g’ildiraklari alohida-alohida
stendga o’rnatilib, jihoz barabanlari elektrodvigatel yordamida aylantiriladi. Ular o’z
navbatida
avtomobil g’ildiraklarini chiziqli 40 km/soattezlikdagi aylanishlar sonigacha aylantiradi va shu
holda pedali bosilib g’ildirakning tormozlanishidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi.
3.2-rasm. Kuch yuritmali tormoz stendining sxematik ko’rinishi. 1-rama; 2-rolik; 3-
zanjirli uzatma; 4-val; 5-motor-reduktor; 6-blokirovkalovchi rolik; 7-avtomobil
g’ildiragi; 8-bosim datchigi.
225
Jihozda sinash ishlarini bajarishda yengil avtomobillar va avtobuslartormoz tepkisiga 490 N,
yuk avtomobillari va avtopoezdlarga 686 N kuch bilan tahsir etib bajariladi. Umumiy solishtirma
tormoz kuchining qiymati quyidagicha aniqlanadi: