• Ma’ruza mashg’ulotlari 1-MAVZU Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    xisoblash metodikasi.
    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, video-
    animatsiya, ko’rgazmali vositalar, agregatlarning haqiqiy nushalari, aqliy hujum, keys-stadi.
    6. Rezbali brikmalarni xisoblash. Ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan rezbali
    brikmalarni xisoblash metodikasi.
    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, video-
    animatsiya, ko’rgazmali vositalar, agregatlarning haqiqiy nushalari, aqliy hujum, keys-stadi.


    17
    Ma’ruza mashg’ulotlari
    1-MAVZU
    Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari
    REJA
    1.Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlanishi.
    2. "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" fani nimani o’rgatadi.
    Respublikamiz 1991 yil mustqillikka erishgach mamlakat iqtisodiyotini isloh rejasini ishlab chiqish
    davrida, avtomobil transporti va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish muhim masalalardan biri deb qaraldi.
    Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublika Hukumati shaxsan Respublikaning birinchi
    Prezidenti tashabbusi va rahbarligida respublikada avtomobil sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish
    bo’yicha qarorlar qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirila borib 1996 yilda respublika avtomobil
    sanoati o’zining birinchi mahsulotlarini bozorga chiqardi. Shu bilan birga mamlakatimiz oliy va o’rta
    maxsus o’quv yurtlarida avtomobilsozlik uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
    Mamlakatimiz avtomobil transportidi o’tkazilgan islahatlar natijasida Respublika avtomobil
    parkining bo’linishi sababli avtomobillarga muttasil ravshda texnik xizmat ko’rsatuvchi, ta’mirlovchi,
    yonilg’i-moy, ehtiyot qismlar va boshqa avtomateriallar bilan ta’minnlovchi hammabop, servis usulida
    ishlovchi mustaqil korxonalar xizmatiga talablar keskin oshib ketdi. Chunki yangi shakllangan
    avtotransport egalarining ko’pchiligi o’z texnik ta’minnlash bazasiga ega emas, buning uchun esa
    maxsus xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan avtoservis korxonalar xizmatidan foydalanishi zarur va
    maqsadga muvofiq edi. Avvallari faqat aholi avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatib turgan maxsus
    avtoservis korxonalarining tarmog’i, soni va ishlab chiqarish huvvatini oshirishga katta extiyoj tug’ildi.
    Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz avtomobillari uchun ulkan
    bo’lib, uning xizmatidan yil davomida mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi muntazam
    foydalanadi.
    Bu borada Respublika Hukumati 1993 yildayoq Janubiy Koreyaning "DEU" kompaniyasi
    bilan shartnoma tuzib, Asaka shaxrida o’rta hajmli NEXIA, kichik hajmdagi TICO va DAMAS
    avtomobillari ishlab chiqarishga mo’ljallangan "UzDEUavto" avtomobil zavodini, Samarqand
    shahrida O’zbekiston-Turkiya qo’shma korxonasi "SamKochAvto" zavodida kichik turkumdagi
    O’ZOTAYO’L avtobuslarini va ixtisoslashgan yuk avtomobillarini hamda uning agregatlarini
    ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxonalar barpo etdi.
    Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligidan hukumat
    qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil (ulardan 4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk
    avtomobillari) ishlab chiqarishga mo’ljallangan zavod "SamKochavto" o’zbek-turk qushma
    korxonasi 1999 yilning mart oyida ishga tushirildi. O’zbekiston mustaqilligining 10 yilligiga sovg’a
    sifatida zavod 8 tonna yuk ko’tarishga qodir yangi yuk avtomobilini ishlab chiqarishni yo’lga
    qo’yildi va bu zavod 2006 yilda Yaponiyaning “ISUZU Motors limited” kompaniyasi bilan texnik
    hamkorlik sharnomasini tuzib, unga asosan avtobus va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqarishni
    yo’lga qo’ydi va shu yilning o’zida 1500 ta turli toifadagi avtomobil ishlab chiqardi. Ustuvor
    loyihada esa, bu miqdorni yiliga 4 ming donaga etkazish ko’zda tutilgan.
    "UzDEUAvto" XJ - bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqarish
    kompaniyasidir. Korxona ishlab chiqarishining texnik va texnologik saloxiyati yuqori jahon


    18
    standartlari talablariga javob bera oladi. Mazkur qo’shma korxonaning qisqa muddat ichida butun
    O’zbekiston mashinasozlik sanoatining rivojlanishidagi etakchi omil hisoblanishi bejiz emas.
    “UzDEUAvto” XJ ga 1993 yil mart oyida asos solingan. XJ taosischilari bu Janubiy Koreya
    Respublikasi tomonidan DAEWOO korporatsiyasi, O’zbekiston tomonidan esa "Uzavtosanoat"
    DXJ bo’lgan edi. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 1994 yil aprel oyida boshlanib, 1995 yil
    dekabr oyida tugadi va birinchi avtomobil(DAMAS) 1996 yil 25 mart oyida ishlab chiqarildi.
    Zavodning rasmiy ochilishi-1996 yil 19 iyulda bo’lib o’tdi va shu yilning o’zida 25344 ta
    avtomobillar ishlab chiqarildi.
    “UzDEUAvto” kompaniyasi 1996-2003 yillar davomida 350 mingga yaqin avtomobillar
    ishlab chiqargan, shulardan 48,7% Neksiya, 24,4% Tiko, 22,5% DAMAS va 4,4% MATIZ larni
    tashkil etgan.
    Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O’zbekiston dunyodagi o’z
    avtomobil sanoatiga ega bo’lgan 28-davlatga aylandi va bu korxona 2006 yilda 141 080 ta (74089
    ta Nexia, 49375 ta Matis, 1573 ta Damas va 885 ta Lasetti) engil avtomobillar ishlab chiqardi va
    korxona to’la “O’zavtosanoat” kompaniyasi tasarrufiga o’tdi.
    Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
    dasturini amalga oshirish maqsadida o’nlab qo’shma korxonalar tashkil etildi. Bunday qo’shma
    korxonalar Andijon, Namangan, Farg’ona va boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Bular Janubiy
    Koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar:

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish