• 2-MAVZU. Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi Reja
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Qaytarish uchun savollar
    1.Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlanish istiqbollari.
    2.Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining asosiy bo’limlari va ularning
    izohi.
    Tayanch iboralar
    1. O’zbekiston Respublikasida avtomobil sanoati taraqqiyoti
    2. UzDEU avtomobillaridan foydalanish
    3. Samkochavto avtomobillari foydalanish
    4. Boshqa turdagi xorijiy avtomobillardan foydalanish
    5. Ixtisoslashtirilgan xorijiy avtomobillardan foydalanish
    6. TVTE fani nimani o’rgatadi
    7. TVTE fani bo’limlari
    2-MAVZU. Avtomobillarning texnik holati va ishlash qobiliyatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi
    Reja
    1. Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi tasnifi.
    2. Avtomobilning texnik holatni ishlash davriga qarab o’zgarishi va ularning ishonchlilik
    ko’rsatkichlari.
    1.Ekspluatatsiya jarayonida, avtomobilning texnik holatini yomonlashishi va uining ishga
    yaroqsiz holatga kelishiga detallarini yuklanishi, eyilishi, qizishi, ximik va fizik xossalarini
    o’zgarishi sabab bo’ladi.
    Avtomobil va uning agregatlalari texnik holatini o’zgarishining asosiy sababi ishqalanish
    natijasida detallarni eyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo’lib, bir-biri bilan o’zaro
    birikkan detallar sirtini o’zaro harakatlanishidan, kuch hosil bo’lib, bu bir detalni ikkinchisiga
    nisbatan siqish jarayoni deb tushiniladi.
    Ishqalanish ikki turga bo’linadi:
    1.Tebranib ishqalanish - bir jism sirtida ikkinchisining siljib tebranishi natijasida vujudga
    keladi.
    2.Sirpanib ishqalanish - bir jismning ikkinchisiga nisbatan sirpanib harakatlanishidan hosil
    bo’ladi.
    Mexanizmlarning eyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida,
    eyilishlarning turli ko’rinishlarga ajratishga to’g’ri keladi. O’zaro bog’langan juftlar uchun, mavjud
    turkumlash, eyilishlarning quyidagi turlarini o’rgatadi: mexanik, molekular mexanik, zangli-
    mexanik, charchashdan eyilish.

    Download 6,46 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish