Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/201
Sana20.12.2023
Hajmi6,46 Mb.
#125447
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

SHamollatish tizimi. Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish inshootlari mehnat
muxofazasi talablari asosida shamollatish jihozlari bilan tahminlangan bo’ladi. CHunki ishlab
chiqarish texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan (yonilg’i va elektrolitning bug’lanishi,
bo’yoqlar gazlari, avtomobil dvigatellaridan chiqadigan yonish mahsulotlari va h.k.) va havo
tarkibiga qo’shiladigan har xil gazlar inson organizmiga zaharlovchi tahsir ko’rsatadi. Bundan
tashqari bu gazlar tahminot tizimi jihozlarini va akkumulyatorlarni tahmirlash, bo’yoqchilik
ustaxonasida, ko’rish xandaqlarida, moy materiallari omborlarida havo tarkibida portlashga moyil
qo’shilmalar yuzaga keltirishi mumkin.
Akkumulyatorlarni tahmirlash ustaxonalarida zaryadlash jarayonida ajralib chiqadigan
vodorod va kislotalar bug’lari havo bilan birlashib portlashga moyil qo’shilmalar hosil qiladi.
Akkumulyatorlarni tahmirlash xonalarda umumiy shamollatish tatbiq qilinib, akkumulyatorlarni
zaryadlash xonalarida esa havoni soatiga 10 almashinishi tahminlanadi.


235
Umumiy shamollatishdan tashqari barcha zaharli gazlar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan
joylarda mahalliy shamollatish uskunalari o’rnatiladi.
Mahalliy shomollatish uskunalari ish joyida ajralib chiqadigan zaharli gazlarni bino
ichkarisida tarqalishiga yo’l qo’ymay tashqariga chiqarib yuboradi. Bundagi shomollatish
ventilyatorlarining quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Fv3600
V
2
=
, m
3
/s,
bu yerda: V
2
– bir soat ichida so’rib olinishi kerak bo’lgan gazlar va havo qo’shilmalari miqdori,
m
3
/s;
F – so’rish shkafining ochiq yuzasi, m
2
;
v – so’rish yuzasidagi gazlar va havo qo’shilmalarining harakat tezligi, m/s.
3. Suv tahminot va tozalash tizimi.
Avtoservis korxonalari o’zlari joylashgan shahar tarmoqlari orqali suv bilan tahminlanadi.
Magistral yo’llari yonlaridagi va suv tarmoqlari mavjud bo’lmagan kichik aholi punktlaridagi
korxonalar o’zlarining suv bilan tahminlaydigan avtonom tarmoqlariga ega bo’lishlari mumkin.
Mavjud standartlarga asosan maishiy ehtiyojlar uchun quyidagi mehyorlarga asosan
hisoblanadi:
·
ofis (idora) xizmatchilariga, bir kishi uchun
- 50-80 l/kun;
·
jismoniy mehnat qiluvchilarga, bir kishi uchun - 120-150 l/kun.
Texnologik jarayonlardagi suv sarfiga avtomobillarni yuvishga ketadigan suv miqdori asosiy sarf
hisoblanadi. CHunki boshqa ishlab chiqarish ustaxonalaridagi (akkumulyator, shinalarni tahmirlash
ustaxonalari, qozonxona va h.k.) suv sarfi juda kam bo’lib 0,5-1,0 m
3
dan oshmaydi.
Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari yuvish uslubiga (qo’lda,
mexanizatsiyalashgan) qarab 6.4-jadvalda keltirilgan.
6.4-jadval
Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari
6.5-jadval
O’t uchirish uchun sarflanadigan suv miqdorlari
Bitta yong’in holati uchun suv
sarfi, l/min
Binolarning
yong’inga
CHidamlilik darajasi
Inshootlarning
yong’inga xavflilik
darajasi
Binolarning hajmi, ming m3
D, Ye
300
300
600
I - II
A,V,S
600
600
900
300
900
900
III
D, Ye
600
900
1200
IV - V
D, Ye
900
1200
1500
O’t uchirish uchun suv sarfi mavjud binolarning yong’inga chidamlilik darajasiga bog’liq
bo’lib 6.5-jadvalda keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan suv sarfidan tashqari stansiya territoriyasidagi daraxtlar, gul-
ko’kalamzorlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvlarni ham tahminan 5 l/m2 mehyorida hisobga
olish zarur.

Download 6,46 Mb.
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish