• Jami JN ballari 40 0-20 0-20
  • YaN ballari № Ko’rsatkichlar maks O’zgarish oralig’i
  • Касбий психология




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/201
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,46 Mb.
    #125447
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
    Bog'liq
    avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

    Jami ON ballari
    30
    0-15
    0-15
    Talabalar JN dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari
    JN ballari

    Ko’rsatkichlar
    maks
    1-JN
    2-JN
    1. Darslarga qatnashganlik va o’zlashtirishi darajasi. Amaliy
    mashg’ulotlardagi faolligi, amaliy mashg’ulot daftarlarining
    yuritilishi va holati
    20
    0-10
    0-10
    2. Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi.
    Mavzular bo’yicha uy vazifalarini bajarilish va o’zlashtirishi
    darajasi.
    10
    0-5
    0-5
    3. Yozma nazorat ishi yoki test savollariga berilgan javoblar
    10
    0-5
    0-5
    Jami JN ballari
    40
    0-20
    0-20


    8
    Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik
    “Yozma ish” variantlari asosida o’tkaziladi.
    Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi
    jadval asosida amalga oshiriladi
    YaN ballari

    Ko’rsatkichlar
    maks
    O’zgarish oralig’i
    1
    Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati
    30
    0-30
    Jami
    30
    0-30
    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi
    mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilish uchun qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. Prezidentimiz
    I.A.Karimovning «Fanga isteododli yoshlarning kirib kelishini ta’minnlash uchun kompleks
    tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu o’rinda oliy maktab, xatto umumiy ta’lim
    maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak. Isteododli va iqtidorli yoshlarni topib, ularni
    qo’llab-quvvatlash xamda ularni qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni
    yaratishning respublika sistemasini ishlab chiqish kerak...» degan fikrlarini o’qir ekanmiz, xalq
    ta’lim tizimida o’qituvchilarga qo’yilayotgan talablar naqadar to’g’ri ekanligiga amin bo’lamiz.
    Bizga ma’lumki, hozirgi paytda ta’lim maskanlarida o’qitishning noanoanaviy usullaridan
    ya’ni pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tish samarali natijalar beryapti.
    Texnologiya - yunoncha «texno» - «sanoat, mahorat» va «logos» - «ta’limot» degan
    ma’nolarni anglatadi. Texnologiya tushunchasi 60-yillarda Amerika va G’arbiy Evropada ta’limni
    isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B.Blum, J.Karoll, P.Ya.Galg’perin, V.I.Davidop,
    N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, N.F.Talqzina va boshqalarning yaratgan texnologiyalari
    hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
    Bir qancha olimlar pedagogik texnologiya tushunchasini turlicha talqin qiladilar. Jumladan.
    B.Lixachyov: «Pedagogik texnologiya - psihologiya va pedagogik o’gitlar yig’indisi bo’lib,
    shakllar, metodlar, usullar, o’qitish yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to’plamidir. Ayni
    zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» deb taokidlaydi.
    I.P.Volkov pedagogik texnologiya - rivojlantirilgan o’qitish natijalariga erishish jarayoni
    tavsifi ekanligini uqtiradi. «Pedagogik texnologiya - talaba va o’qituvchining ularga zarur sharoit
    yaratish orqali, o’quv jarayonini loyixalashtirish, tashkil eshish va uzatish bo’yicha pedagogik
    faoliyatning har tomonlama o’ylagan modelidir» - deb hisoblaydi V.M.Monaxov.
    Shunday qilib, pedagogik texnologiya o’ziga xos potentsial yaratiladigan pedagogik
    natijalarga erishish, pedagogik tizimining barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy
    ta’lim darajasida tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
    Pedagogik texnologiyalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
    • insonparvarlik va demokratik pedagogik munosabatga asoslangan pedagogik
    texnologiyalar: shaxsiy munosabatni shakllantirish, yakka holdagi yondoshuv, demokratik
    boshqaruv, ochiq insonparvarlikka yo’naltirilgan mazmun va boshqalar;
    • ta’lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar:
    o’yinli texnologiyalar, muammoli o’qitish kerakli tushunchalar, kommunikativ o’qitish va
    boshqalar;
    • o’qitish jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik
    texnologiyalar: programmali o’qitish, differentsial o’qitish texnologiyasi, yakka holda o’qitish,
    guruhi va jamoaviy o’qitish texnologiyasi, axborot texnologiyasi va boshqalar;
    • o’quv materialini metodik takomillashtirish va didaktik rekonstruktsiya qilishdagi
    pedagogik texnologiyalar: aqliy harakatni shakllantirishning tartibli texnologiyasi, didaktik birlikni
    mustaxkamlash texnologiyasi va boshqalar.
    Bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi pedagogik
    texnologiyalar juda katta yordam beradi. Chunki pedagogik texnologiyalar talabalarda
    hozirjavoblikni tarbiyalaydi, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga,
    xamkorlikda ishlashga yordam beradi, tashabbuskor bo’lishga, mustaqil fikrlashga undaydi. Zero,


    9
    ta’lim tizimini isloh qilish asosiy maqsadimiz ekan, ilg’or pedagogik texnologiyalarni darslarimizga
    joriy etib borish davr, talabidir. Ulardan bir nechtasini ko’rib chiqamiz.
    Aqliy hujum (Brainstorming) – o’quvchilarda hozirjavoblik (og’zaki, yozma) hissini
    rivojlantirishga yo’naltiradigan bu usul jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan va har
    bir o’qituvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish xamda unda
    ma’lum jamoa (guruhi) tomonidan bildirilayotgan fikrga qarshi g’oyani ilgari surish layoqatini
    yuzaga keltirishga xizmat qiladi. Bu texnologiyada o’quvchilarga umumiy savol tashlanib, berilgan
    javoblardan eng yaxshisini tanlanadi.
    Baxs - munozara (Debute) - alohida dars ko’rinishida bo’lib, bunda o’quvchilar ikki guruxga
    bo’linib, o’tilgan mavzuga doir baxsli, tortishuvli muammolar xal etiladi. Birinchi guruh
    «tarafdorlar», ikkinchi guruh «qarshilar» o’rtaga tayinlashgan boshlovchi baxsni muvozanatga solib
    turadi. Guruh, a’zolari navbat bilan mulohazalarini bayon qiladilar..
    Zanjir mashqi (Chain Drill) - darsda o’rganilgan mavzuni o’quvchilar qismlarga bo’lib,
    navbatma-navbat bayon etish orqali ohirida yaxlit bir ko’rinishda umumlashtirib beradi.
    Ijodiy ish (Projok work) - o’quvchilarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini
    rivojlantirishga qaratilgan, estetik didlarini shakllantiradigan uslub-insho, surat chizish, loy-
    plastilindek buyumlar yasash, yog’och va metalga ishlov berish hamda gerbariylar yig’ish va
    hokazo ko’rinishdagi keng qamrovli faoliyat turidir. Dars jarayonida nazariy ko’rsatmalar beriladi
    va darsdan bo’sh vaqtlarda amaliy tarzda bajariladi. Ayrim fanlarni o’qitishda bu usul ma’lum bir
    bob yakuni sifatida qo’llaniladi.
    Intervg’yu (Interview) - alohida dars ko’rinishi bo’lib, bunda bir mavzu yuzasidan bir yoki
    bir necha o’quvchilarga o’z qarashlarini ochiq bayon qilish imkoniyati beriladi. Savol beruvchi
    reportyor o’quvchilar orasidan tanlanadi.
    Interfaol (Intera stion) - «O’quvchi+o’quvchi», «o’qituvchi-o’quvchi» o’rtasidagi muloqot
    usuli bo’lib, xamkorlik qilish natijasida darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi,
    o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Savol-javoblar juftlikda ishlash va guruhlarda faoliyat
    ko’rsatishni tarbiyalab boradi.
    Yo’naltirish (Elisting) - bunda o’qituvchi mavzuni tayyor holda bayon etmay, mavzuni
    tushunib olishlari uchun yo’naltiruvchi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qiladi. Mazkur
    usuldan grammatik qoidalarni tushuntirishdi, o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan mavzularni etkazishda
    keng foydalanish mumkin. Bu usul o’quvchilarning ijodiy, mustaqil tafakkurlarini o’stirishga
    yordam beradi.
    Muzyorar (Icebroker) - guruhda o’quvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlarida
    ishlatiladigan usuldir. O’quvchilar doira bo’lib o’tirib oladilar. Birinchi o’quvchi ismini aytadi,
    navbatdagi o’quvchi o’zidan oldingi o’rtog’ining ismini aytib, so’ngra o’zining ismini qo’shadi va
    shu tariqa davom ettiriladi. Oxirgi o’quvchi o’zidan oldingi barcha o’quvchilar ismini aytishi kerak.
    Qiziqarliroq bo’lishi uchun bolalar ismlaridan avval ismlarining bosh harfidan boshlanadigan
    sifatlarni hususiyatlarini qo’shishlari xam mumkin. Masalan, shijoatli Shoxista, go’zal Gulnoza va
    hokazo.
    Suratli diktant (Picture Dication) - o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga,
    estetik didlari, ijodkorlik ishtiyoqlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi o’qitish usulidir. Stullar
    orqama-orqa qo’yiladi. O’quvchilar bir-birlariga teskari o’tiradilar. Birinchi o’quvchi manzarani
    bayon qiladi, o’rtog’i esa uni suratga tushiradi. Diktant davomida o’quvchilar almashadilar. Surat
    chizib bo’lingach, u tavsiflanadi.
    Zigil yozdi (Worm up) - bu usuldan dars boshlanishida o’quvchilarni darsga ruhiy
    tayyorlash va dars yarmida o’quvchilar diqqatini mashg’ulotning keyingi bosqichiga chog’lash
    uchun qo’llaniladi. O’qituvchi sheorlardan parcha aytishi, xazil savollar berishi, fonetik mashqlar
    bajarishi, ko’pincha qiziqarli o’yinlar tashkil etishi mumkin .
    Shu turdagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’lajak o’qituvchilarni faollikka
    chaqiradi, o’z ustida ishlashga, maosuliyatni chuqur xis etishga, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka
    undaydi. Bular esa ularda pedagogik qobiliyatlardan tashkilotchilik, kommunikativ, didaktik, nutq
    va boshqa qator qobiliyatlar o’am rivojlanishiga yordam beradi. Shunday ekan, Bo’lajak
    o’qituvchilar o’z kasbining ustalari bo’lishlari uchun ta’limning noanoanaviy usullarini ham chuqur
    o’rganmoqlari lozimdir


    10
    .

    Download 6,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




    Download 6,46 Mb.
    Pdf ko'rish