|
Касбий психологияBog'liq avtomabillar texnik ekspluatasiyasi3.
Yaku
niy bosqich
(10
daqiqa)
3.2. Mustaqil ishlash uchun “Servis korxonalari
texnologik jihozlari” mavzusini taqdim etadi va Insert
texnikasi asosida mazkur o’quv materialini o’rganib kelish
vazifasini beradi (6-ilova).
Vazifani yozib
oladilar.
2-ilova
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting
bo’yicha natijalar bahosi:
2,0 ball - «a’lo»
1,5 ball - «yaxshi»
1,0 ball - «koniqarli»
0,5 ball - «qoniqarsiz»
3-ilova
4-ilova
1.1. Fanning bakalavr tayyorlashdagi o’rni, maqsad va vazifalari
TAYI oliy o’quv yurtida “Cervis” ta’lim yo’nalish bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassis,
zamonaviy avtomobillar, yuqori texnologik jixozlar, yuqori malakali ishchilar, intensiv texnologik
jarayonli zamonaviy avtoservis korxonasi korxonalarida ishlab chiqarishni o’qitish ustasi
lavozimida ishlashi ko’zda tutilgan. Shu sababli avtoservis korxonasi ishlab chiqarish texnologik
jarayonining bevosita ishtirokchisi – malakali ishchining ish funksiyalarini bilish, o’rganish, ya’ni
avtochilangarday texnik fikrlashni, xatti – xarakatni shakllantirish asosiy maqsad xisoblanadi.
Ma’lumki, texnologik jarayonda bevosita ishtirok etuvchi ishchining xatti – xarakatlari
avtomatizm shaklda, ritmik, engil amalga oshirilishida asosan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va
malaka katta o’rin egallaydi. Shu sababli bo’lajak ishchiga bilim berish, texnologik jarayondagi
asosiy xatti-xarakatlar bo’yicha ko’nikma va malakaga erishtirish asosiy vazifa xisoblanadi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni tamirlash ishlarini bajaruvchi
avtochilangarning qo’l mehnatini engillatish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarida
avtomobilga turli tomonlardan ta’sir ko’rsatishda qulaylik yaratish, o’girligi katta bo’lgan
agregatlarni avtomobildan echib olish, ularni ta’mirlash uchun ustaxonaga etkazish va
avtomobildagi o’rniga qaytadan o’rnatish, avtomobil kuzovlarini yuvish, kuzovlarni ta’mirlash,
avtomobil agregat va tizimlarini diagnostikalash va boshqa xizmat turlarini ko’rsatish maqsadida
avtoservis korxonalarida texnologik jihozlardan foydalaniladi.
5-ilova
|
| |