23
qishmi, yozmi baribir, harakat to‘xtamas ekan. Bundan tashqari,
zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni
tushunish uchun shunday
voqeani ko‘z oldingizga keltiring. Sinfga puf
langan bir nechta turli
rangli sharlarni qo‘yib yuboraylik. Bolalar ularni turtib o‘ynasin.
Shunda qizil shar 2 s dan keyin qayerda bo‘lishini ayta olamizmi?
Albatta yo‘q. Chunki sharlar harakati turtkilar tufayli tasodifiy
bo‘lib, tartibsiz holda bo‘ladi. Shunga o‘xshash,
suyuqlik molekulalari
barg zarrasi bilan to‘xtovsiz to‘qnashib turishi tufayli harakati
tartibsiz bo‘ladi. Demak, moddani tashkil etgan molekulalar
to‘qnashuvlar tufayli to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi.