• 12-MAVZU QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHI
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    Amaliy topshiriq
    1. Stakanga suv quying va unga sekin eriydigan qand bo‘lagini 
    tashlang. Suvni aralashtirmay uni asta-sekin tatib ko‘ring. Vaqt o‘tishi 
    bilan uning shirinligi o‘zgarishini aniqlang.
    2. Piyolaga issiq choy quyib, unga choy qoshiqda shakar solib 
    aralash tiring. Asta-sekin oz-ozdan yana shakar solib, choyda erishini 
    kuzating. Shakarning ma’lum miqdoridan so‘ng solingan shakar erimay 
    qoladi. Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
    1. Diffuziya hodisasining sababi nimada?
    2. Nima sababdan temperatura ortishi bilan diffuziyaning borishi 
    tezlashadi?
    3. 
    Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan diffuziya 
    hodisasiga misollar keltiring.
    4. O‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bilasizmi?


    26
    12-MAVZU
    QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING 
    MOLEKULYAR TUZILISHI
    Sovuq qish kunlarida hovuzlar, ko‘llar va ariqlarda suv muzlaydi. 
    Yozda, aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi. 
    Bunda suv bug‘ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda 
    uchraydi. Qattiq – muz holatida, suyuq – suv va gazsimon – bug‘ 
    holatida. Demak, bug‘, suv va muz bir xil molekula 
    lardan tashkil 
    topgan. Ular faqat molekulalarning o‘zaro joylashishi va harakati 
    bilan farq qiladi. Bug‘ alohida-alohida molekulalardan tashkil 
    topgan bo‘lib, to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. Shu sababli suv 
    yuzasidan ko‘tarilgan bug‘ havoga oson aralashib ketadi. Havo 
    tarkibida har doim suv bug‘lari bo‘ladi. Shuningdek, havoda kislorod, 
    karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor. Ularning molekulalari ham 
    to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi. Deraza tirqishidan tushgan 
    yorug‘likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang 
    zarralarining ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin. 
    Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan 
    to‘xtovsiz to‘qnashib turishlari tufaylidir. Puflanadigan yupqa sharni 
    biroz shishirib, og‘zini mahkam bog‘laylik. Uni qo‘l bilan qissak 
    kichrayganini ko‘ramiz. Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa 
    sharni olib, birini birorta naycha orqali puflab shishiraylik. So‘ngra 
    sharcha og‘zini ip bilan mahkam bog‘lab, naychaning ikkinchi uchini 
    boshqa puflanmagan sharcha og‘ziga mahkamlaylik. So‘ngra birinchi 
    sharcha og‘zidagi bog‘langan ipni ochib yuborsak, havo naycha orqali 
    ikkin chi sharchaga o‘tib uni shishiradi (9-rasm). Demak, gaz bir 
    idishdan ikkinchisiga tutashtirilgan nay orqali o‘z-o‘zidan o‘ta oladi. 
    Gazni qaysi idishga solmaylik, o‘sha idish shaklini va hajmini to‘la 
    egallaydi. Gazlarning mole 
    kulalari orasidagi masofa moleku 
    lalarning 
    o‘lchamidan o‘rtacha 100–1000 marta katta. Bunday masofada 
    molekulalarning o‘zaro tortishish kuchi juda kichik bo‘ladi.
    9-rasm.


    27

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish