29
14-MAVZU
MASSA VA UNING BIRLIKLARI
Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o‘zingiz
bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko‘pgina oziq-
ovqat mahsulotlarini tarozida o‘lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi
yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o‘lchanadi? Buni
tushunish uchun quyidagiga e’tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar
o‘yinchoq avtomobilini joyidan qo‘zg‘atish osonmi yoki qum ortilgan
rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g‘ildirab kelayotgan o‘yinchoq
avtomobilni ushlab to‘xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi?
Albatta, har biringiz savolga o‘yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa
misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko‘tarish osonmi
yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to‘g‘ri javobni
olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo‘lsa, uni bu holatdan chiqarish
uchun ta’sir ko‘rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar
tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday
harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki harakat
holatini saqlash qobiliyatiga
inertlik
deyiladi. Lekin bu qobiliyat turli
jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o‘lchash uchun