|
massa
deb ataluvchi
fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi
fizik kattalikka jismning
massasiBog'liq 6-sinf fizika uzbmassa
deb ataluvchi
fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi
fizik kattalikka jismning
massasi
deyiladi. Jism massasini o‘lchashning
usullari ko‘p. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida
o‘lchashdir. Amaliyotda ishlati
ladi gan tarozilar turli tipda bo‘ladi:
o‘quv, analitik, elekt
ron va h.k. 12-
a
rasmda o‘quv (shayinli),
b
-rasmda
esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi
1 kilogramm bo‘lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan
shaharchada saqlanadi (11-rasm).
11-rasm.
Namuna silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm
atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyor
lanib, turli
mamlakatlarga tarqatilgan.
Jism massasining ko‘p yoki kamligi un
dagi
moddaning yoki narsalarning ko‘p-kamligiga
bog‘liq. Masalan, bir qop yong‘oq
ning massasi
bir xalta yong‘oq
nikidan, 1
che
lak suvning
massasi 1 piyola suvnikidan ko‘p.
Narsa va predmetlarning massasini 1 kg
ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham
o‘lchash mumkin.
30
1 tonna (t)
=
10 sentner (s)
=
1000 kg.
1 kg
=
1000 gramm
=
1 000 000 milligramm.
Jism massasi tarozida o‘lchanadi. Jism massasini o‘lchash uchun
uning chap pallasiga o‘lchanadigan narsa, o‘ng pallasiga tarozi toshlari
qo‘yiladi. Pallaga toshlarni muvo
zanatga kelguncha tanlab qo‘yiladi
(12-rasm).
a)
b)
12-rasm.
13-rasm.
Shundan so‘ng pallaga qo‘yilgan tosh massalari qo‘ shib
hisoblanadi.
Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning
qizdirilgan yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon
o‘lchanganligiga bog‘liq emas. Shu sababli tajriba
larda
va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o‘zgarmas
(
m
= const) deb qaraladi.
Ko‘pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida
tortib sotayotgan sotuvchilarni uchratamiz (13-rasm).
Bunday tarozi ichida prujina bo‘lib, osilgan yuk ta’sirida
cho‘ziladi. Tarozining ko‘rsatishi prujinaning qattiq-
yumshoqligiga, kunning issiq yoki sovuq bo‘lishiga,
normadan ortiq yuk osganda cho‘
zilib, avvalgi joyiga
qaytib bormasdan qolib ketganli
giga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘lchashlar, Yerning Shimoliy qutbi
yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog‘liq
bo‘lganligidan aniq bo‘l maydi. Shu sababli jism massasini shayinli yoki
elektron tarozida o‘lchang!
Juda kichik zarralarni hamda ulkan jismlar (Oy, Quyosh)
massalarini bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning massasi bilvosita
usullar bilan hisoblab topiladi. Bu haqda yuqori sinflarda o‘qib
o‘rganasiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
massa
deb ataluvchi
fizik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi
fizik kattalikka jismning
massasi
|