42
Atom
Grekcha
atomos
– bo‘linmas degani. Kimyoviy element
xossalari saqlanib qola
digan eng kichik zarra. 2016-yil
dekabr oyigacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra tabiiy holda 94
ta element
mavjudligi aniqlangan, 24 tasi laboratoriyalarda
hosil qilingan.
Molekula
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra.
Molekulalar atomlardan tashkil topadi. Moddalarda
molekulalar bir xil atomlardan yoki har
xil atomlardan
tashkil topadi. Lotincha
moles
– massa degani.
Diffuziya
O‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkin-
chi moddaga, ikkinchi modda molekula
larining birin-
chi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi.
Gazlarda tez,
suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin bora-
di. Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha
diffuzio
–
tarqalish, sochilish degani.
Broun harakati
Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz
va tartibsiz ha
ra kati. Bu harakat temperatura ortishi
bilan ortadi. Hodisa 1827-yilda ingliz bota
nigi R. Broun
tomonidan o‘rganilgan.
Molekulyar
kuchlar
Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish
kuchlari. Juda qisqa maso fada namoyon bo‘ladi.
Massa
Moddaning inertlik va tortishish xossasini ifodalovchi
fizik kattalik. Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga
I.
Nyuton (1687) kiritgan. Birligi kilogramm bo‘lib,
xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy birligi.
Namunasi silindr shaklida bo‘lib,
balandligi va diametri
39 mm ga teng. Platina-iridiy qotishma sidan 1799-yilda
tayyorlangan.
Zichlik
Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan
o‘lchanadigan fizik kattalik.
. Zichlik birligi kg/m
3
.