45
18-MAVZU
JISMLARNING MEXANIK HARAKATI.
TRAYEKTORIYA
Siz fizika darsida o‘qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab
o‘tiribsiz. Bundan oldin uyingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz
o‘tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz
o‘tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko‘rasiz. Ularga qarab
ayrimlarini harakatda, ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz.
Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e’tibor berdik? Har
bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo‘ladi.
Masalan, sinfda siz o‘tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan.
O‘qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o‘tiribdi. O‘qituvchi o‘rnidan
turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak,
o‘qituvchin gizning sinfda turgan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi.
Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o‘rni vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz.
Sinf devorining o‘rni esa o‘zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini
mexanik harakat
deb ataymiz.
Mexanik harakat
deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joy-
lashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi.
Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd
vagoni o‘rindig‘ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o‘rni
mana shu tanlan
gan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan
uni
sanoq jismi
deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga
nisbatan harakatsiz bo‘lsa, boshqa jismga nisbatan harakatda bo‘lishi
mumkin. Masalan, sanoq jism sifatida Toshkent
dan Samarqandga
borayotgan poyezdni olsak, unda odam poyezd vagoniga nisbatan
harakatsiz bo‘ladi. Lekin vagonning o‘zi yerga nisbatan harakatda.
Shu sababli jismlarning harakatini o‘rganishda, albatta, sanoq jismi
tanlanishi kerak.