55
4-mashq
1. O‘quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning
og‘irligi necha N ga teng? (
Javobi:
314 N.)
2. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko‘rsatishi 24,5 N ga teng
bo‘ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? (
Javobi:
2,5 kg.)
3. Dehqon yelkasida 50 kg sabzi solingan qopni ko‘tarib turibdi.
Deh qonning massasi 70 kg. Dehqon yerga qanday kuch bilan bosadi?
(
Javobi:
1176 N.)
4. Bir jismning massasi ikkinchisidan ikki barobar katta. Ularga
ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarini solishtiring.
5. 480 mN kuchni N larda ifodalang.
22-MAVZU
LABORATORIYA ISHI.
DINAMOMETR YORDAMIDA KUCHLARNI O‘LCHASH
Kerakli asboblar.
Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida
ilmog‘i bor silliq taxtacha, stol.
Ishni bajarish.
1. Og‘irlik kuchini o‘lchash. Dinamometrni olib, shkalasini
o‘rganing. Dinamometrning o‘lchash chegarasini va aniqlik
darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning
ilmog‘iga turli massali jismlarni iling (24-rasmga qarang). Har safar
dinamometr ko‘rsatishlarini yozib oling.
2. Ishqalanish kuchini o‘lchash.