50
Bunga misol sifatida havoda tarqalayotgan
tovushni,
radioto‘lqinlarni olish mumkin. Soat strelkalarining uchi tekis harakat
qiladi. Avtomobillar qisqa vaqt davomida tekis harakat qilishi mumkin.
Kundalik turmushda harakatlanayotgan
jismlarni kuzatsak, ular-
ning notekis harakat qilishlarini ko‘ramiz. Masalan, bekatdan chiqib
harakatlanayotgan avtobus o‘z tezligini oshirib boradi.
Bekatga yaqin-
lashayotganda esa tezligini kamaytirib to‘xtaydi.