21-MAVZU JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA MA’LUMOTLAR. KUCH Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsat
gan-
ligini ko‘ramiz.
Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer
o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni
tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib
ketayotgan avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda
yo‘l bilan g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu
ta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning
shakli o‘zga
radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa,
yalpayib shakli o‘zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zga rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi. Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (22-rasm).
Jismlarni Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi.
Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli
ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina
va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq
to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham
birinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol
usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga
sapchiganini ko‘rasiz. Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta.
Demak, ikki jism orasida o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida
harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz.
Bunday hara
katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining
mavjudligidir.
Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi.
Taqasimon va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi
miy magnitlar temir buyumlarni
o‘ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan
zarralar orasi
da ham, zarra
larning ichida ularni tash
kil qilgan, undan
53
ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch
lar
haqida yuqori sinflarda ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida