• 15-MAVZU LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA JISM MASSASINI O‘LCHASH Kerakli asboblar.
  • Ishni bajarish.
  • Kegl cc pechat indd




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/134
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #266146
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
    Bog'liq
    6-sinf fizika uzb

    Amaliy topshiriq
    Uyda bitta cho‘p, ip, bankaning yelim qopqog‘i (yoki bak-
    lashkani qir 
    qib) hamda strelka uchun metall sim bo‘lagidan 
    foydalanib, tarozi yasang. Ta 
    rozi toshlari sifatida tangalardan 
    foydalaning.
    1. Jism massasi deganda nimani tushunasiz?
    2. Qaysi tarozida jism massasi aniq o‘lchanadi: prujinali tarozidami 
    yoki shayinli tarozidami? Javobingizni asoslang.
    3. 
    Uchta tangadan bittasi yengil. Shakli va ko‘rinishi bir xil bu 
    tangalardan qaysi biri yengil ekanligini toshi yo‘q pallali tarozida 
    bir marta tortish orqali aniqlash mumkinmi?
    15-MAVZU
    LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA 
    JISM MASSASINI O‘LCHASH
    Kerakli asboblar.
    Shayinli tarozi toshlari bilan, stakan, suv, massasi 
    o‘lchanishi kerak bo‘lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.
    Ishni bajarish.
    1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo‘lgan tarozi 
    toshlari bilan tanishish (14-rasm).
    2. Jism massasini o‘lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. 
    Lozim bo‘lsa, pallalarga qog‘oz parchalari qo‘yiladi.
    3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini 
    o‘ng pallasiga qo‘yiladi.
    50
    500
    200
    100
    10
    20
    20
    50
    14-rasm.


    32
    4. Tarozini buzib qo‘ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga 
    yaqinrog‘ini tanlab qo‘yiladi. Juda ko‘p farq qiluvchi toshni qo‘yganda 
    tarozining og‘ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.
    5. Tarozi pallasiga ho‘l, iflos, issiq jismlarni qo‘yish mumkin emas. 
    Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar 
    (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.
    6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni 
    tortish mumkin emas.
    15-rasm.
    7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo‘ychinak) yordamida 
    idishidan olib pallaga qo‘yiladi. Chunki qo‘l bilan ushlansa, qo‘ldagi 
    nam va yog‘ tosh chaga o‘tib, uning massasiga ta’sir qilishi mumkin.
    8. Pallaga qo‘yilgan tosh yengil bo‘lsa, unga chamalab yengilroq 
    toshdan boshlab qo‘shib borish kerak.
    9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko‘rsatsa yoki u pallalar 
    qo‘yilgan tomonlarning ko‘rsatkich uchlari bir to‘g‘ri chiziqqa kelsa, 
    palladagi toshlar massalarining yig‘indisi hisoblanib yozib olinadi.
    10. Tarozida suvsiz bo‘sh stakan massasi 
    m
    st.
    tortib olinadi (15-
    rasm).
    11. Stakanni palladan olib, unga ma’lum miqdorda suv quyiladi.
    12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo‘yib, massasi 
    m
    st.suv
    o‘lchanadi.
    13. 
    m
    suv

    m
    st.suv 

     m
    st
    formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi.
    Izoh.
     Agar o‘lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo‘lgan eng 
    kichik tosh (20 mg) qo‘yilganda ham og‘ir yoki yengil kelsa
    umumiy massa yaxlitlab yoziladi. 
    Masalan,
     
    100 g 

    20 g 

    1 g 

    + 500 mg + 20 mg bo‘lganda og‘ir, 100 g 

    20 g 
    
    1 g 

    500 mg bo‘lganda 
    yengil bo‘lsa, 
    m

    121,5 gramm olinadi.


    33
    1. Jismlar qizdirilganda uning massasi qanday o‘zgaradi?
    2. Nima sababdan shayinli tarozida o‘lchash, prujinali tarozida 
    o‘lchashga nisbatan aniqroq bo‘ladi?
    3. Gaz massasini qanday usulda o‘lchash mumkinligi haqida o‘ylab 
    ko‘ring.
    4. Jismlarning inertligi deganda nimani tushunamiz?

    Chivin massasi ~ 0,001 g.

    Filning endigina tug‘ilgan «chaqalog‘i»ning massasi taxminan 
    100 kg.

    «NEXIYA» avtomobilining massasi taqriban 1400 kg.

    Bir dona bug‘doy massasi 

    0,01 g.

    Yer massasi taqriban 
    .

    Quyosh massasi taqriban 
    .

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




    Download 1,85 Mb.
    Pdf ko'rish