118
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda biz «elektr» degan tushuncha bilan ko‘p duch
kelamiz. Elektrning o‘zi nima, bu haqda odamlar qachon bilishgan?
Elektrsiz biz kundalik hayotimizni tasavvur qila olmaymiz.
Ayting-chi, yoritishsiz va isitishsiz, telefonsiz va elektrodvigatelsiz,
kompyutersiz va televizorsiz turmush kechirish mumkinmi?
Elektr
bizning hayotimizga shunchalik chuqur kirib ketganki, ba’zan «qanday
sehrgar bizga ko‘p ishlarimizni bajarishga yordam berib kelmoqda» deb
o‘ylab ham ko‘rmaymiz.
Bu «sehrgar» elektr tokidir. Elektr tokining ixtiro qilinishi va u
bilan bog‘liq boshqa yangiliklarning ochilishi o‘n to‘qqizinchi
asrning
oxiri
–
yigirmanchi asrning boshlariga to‘g‘ri keladi deyish mumkin.
Lekin odamlar elektr bilan bog‘liq dastlabki hodisalarni eramizdan
oldingi beshinchi asrdayoq kuzatganlar.
Ular jun yoki shoyiga
ishqalangan kahrabo bo‘lagining o‘ziga yengil jismlarni, changlarni
tortishiga e’tibor berganlar. Qadimgi greklar
bu hodisadan qimmatbaho
buyumlarni changdan tozalashda foydalanganlar. Ular shuningdek
kahrabo taroq bilan soch taralganda soch tolalarining bir-biridan
itarilib tikkayganligini kuzatganlar. Kahrabo grekchasiga «elektron»
deyiladi. «Elektr» so‘zi shundan kelib chiqqan. Ishqalangandan so‘ng
boshqa mayda jismlarni o‘ziga
tortadigan jismlarni