113
muhit temperaturasiga tengla
shadi. Idishdagi
suvning temperaturasini
termometrni suvdan chiqarmasdan ko‘rish kerak. Aks holda, termometr
suvdan olinishi bilanoq uning ko‘rsatishi o‘zgarib ketadi.
80-rasm.
81-rasm.
82-rasm.
Bemorning temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termo
metri bunday
kamchilikdan xoli. Shifokor termometrni bemordan olib, bema-
lol ko‘rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ket-
maydi. Bunga erishish uchun termometr
naychasining quyi qismi
ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko‘tarilsa-
da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi.
Termometr ko‘rsatishi aniqlab olingandan so‘ng, uni silkitiladi.
Shunda yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi.
Tibbiyot termometrining o‘lchash chegarasi 35
°
C dan 42
°
C gacha
bo‘ladi. Sog‘lom odamning temperaturasi ~36,6
°
C bo‘ladi. Tana
temperaturasining bun
dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy
hayvonlari – qo‘y, sigir, ot, quyon larning temperaturasi 38–40
°
C,
qushlarniki 41–42
°
C atrofida bo‘ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda
tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88
°
C temperatura qayd etilgan
(1960-y. ilmiy stansiyada). Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning
quyi chegarasi minus 273,15
°
C ga teng. Uy sharoitida biz qanday
temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100
°
C da qaynaydi. Uni
qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–
1800
°
C ga boradi. Cho‘g‘lanma elektr
lampochkasidagi temperatura
2500
°
C atrofida bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg‘i hosil
qilgan temperatura ~1700
°
C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000
°
C gacha
boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.